4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 3.78 Mb.
bet16/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  • Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


    O‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.

    • Mustaqillikka qachon erishdik?

    • Yurtmizda yoshlarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi. O‘quvchilar uyda yozgan hikoyalari o‘qitiladi va fikrlari to‘ldiriladi. “Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har

    bir guruh O‘zbekistonning turli joylari rasmni “Mozaika” usuli yor- damida yig‘adilar.
    1. Yangi mavzu bayoni.


    • Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

    • Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Serquyosh o‘lka” she’ri bilan tanishamiz.

    O‘quvchilar bilan keng yurtimiz, undagi o‘zgarishlar haqida suhbat- lashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.

    • Siz yurtimiz haqida nimalarni bilasiz?

    • Yurtimizdagi qanday diqqatga sazovor joylarni bilasiz? O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-

    fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
    “Serquyosh o‘lka” she’ri mazmuni asosida lavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Serquyosh o‘lka” she’r matni o‘qiladi.
    She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

    Lug‘at ishi:


    dong‘i – nomi shodon xursand
    dimog‘ – halqumning yuqori bo‘limi chog‘ xursand, shod, yaxshi
    1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


    Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Serquyosh o‘lka” she’ri o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
    O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

    • Shoir yurtimiz tabiatini qanday so‘zlar bilan ulug‘laydi?

    • She’rdagi “Serquyosh o‘lka” iborasini qanday so‘zlar bilan al- mashtirish mumkin?

    O‘rniga qo‘y” o‘yini. O‘quvchilar she’rdagi tushirib qol- dirilgan so‘zlarni tegishli joyga yozishlari kerak.

    1. Download 3.78 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   254




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling