“Davomini top” o‘yini
Nomard do‘stdan …. dushman yaxshi. (mard) Mard tuzar, nomard …. (buzar)
Mard maydonda, kuch …. sinaladi. (bilimda) Ilmli mingni yiqar …. birni. (ilmsiz)
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Bilim haqida qanday she’rlar bilasiz? 2.Qanday insonlarni vatanparvar deb hisoblaysiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Mardlik va aql yorug‘ligi” she’rini yod- lash.
Mavzu: “Kichik Vatan” (Ashurali Jo‘rayev).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Kichik Vatan” hikoyasining mazmuni bilan tanishtirish, odamning yashaydigan uy-joyi, hovlisi uning kichik Vatani ekanligi haqida va insonning ota-ona oldidagi farzandlik burchining Va- tan oldidagi burchi bilan uyg‘unligi to‘g‘risida ma’lumot berish.
FK 1: hikoyada ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Vatanning ostonadan boshlanishi va uning muqaddasligi yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish, ona Va- tanga bo‘lgan muhabbatni o‘stirish.
TK 5: hikoyada aks etgan vatanparvarlik g‘oyasini singdirish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar mazmuniga doir savol va topshiriqlar bilan ishlash, matndagi so‘z, gaplarning ma’nolarini izohlay olishi, lug‘at ustida ishlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga ja- vob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli, “Sonlar va bo‘g‘inlar” mashqi, “Mohir jurnalist”, “Bir haqiqat uch yolg‘on” o‘yinlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |