1. Ekotizim [yun oikos uy, yashash joyi va tizim], ekologik tizim birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekotizimda uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan
Download 24.03 Kb.
|
4mavzu tayyor
4-kurs imf talabasi Ro’ziyev Jo’rabekning hayot faoliyati favsizligi fanidan 4 – mavzuga doir berilgan savollarga javoblar Savollar
1. Ekotizim 2. Yer kurrasining qobig‘lari 3. Abiotik omillar 4. Biotik omillar 5. Antropogen omillar 6. Muhitning fizik ifloslanishi 7. Muhitning ximik ifloslanishi 8. Muhitning biologik ifloslanishi 9. Muhitning mexanik ifloslanishi 10. Ekotizimning tarkibiy qismlari Javoblar 1. Ekotizim [yun. oikos – uy, yashash joyi va tizim], ekologik tizim – birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekotizimda uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan. “ Ekotizim.” atamasini ingliz botanigi A. Tensli taklif etgan (1935). A. Tensli taʼbiricha, ekologiya nuqtayi nazaridan ekotizim yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim ekotizimda ular tarkibiga kiruvchi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan. “ Ekotizim.” tushunchasini har xil murakkablidagi va oʻlchamdagi obyektlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Masalan, hovuz, qoʻl ekotizimsi bilan birga sohil boʻyi oʻsimliklari yoki suv tubi ekotizim sini koʻrsatish mumkin. Oʻrmon ham Ekotizim., uning chegarasida har xil tildagi tuproqlar, chiriyotgan toʻnkalar, toʻshalma va boshqa(lar) Ekotizim. ni ajratish mumkin. Koʻpincha, “Ekotizim.” tushunchasiga tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi. Ekotizimning tirik va notirik komponentlari oʻrtasida produtsenlar, konsumentlar va redutsentlar ishtirokida moddalarning biotik aylanishi sodir boʻlib turadi. Ekotizim atamasini sunʼiy Ekotizim. (qishloq xoʻjaligi dalalari, bogʻlar, xiyobonlar, oqova suvlarni biologik tozalaydigan inshootlar va boshqa(lar))ga nisbatan ham qoʻllash mumkin. Ekotizim oʻziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida saqlab turadigan oʻta turgʻun yoki qisqa muddatli (masalan, efemer suv havzalari, koʻlmak suvlar) boʻlishi mumkin. Murakkablik darajasidan qati nazar Ekotizim. turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil boʻlishi va parchalanish jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi. Ekotizim chegarasi va ularda kechadigan moddalar aylanishi jarayonlari turli darajada roʻy beradi. Ekotizim atrof muhitdan faqat energiya emas, balki koʻp yoki oz miqdorda moddalar kelib tugandagina mavjud boʻladi. Barcha E. birgalikda yer biosferasini tashkil etadi. 20-a. oʻrtalariga kelib ekologik muammolarning keskinlashuvi natijasida Ekotizim. ning funksional xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar keng miqyosda olib boricha boshlandi. Ekotizim strukturasi, mahsuldorligi va turgʻunligini tushunib olish uchun ulardagi trofik bogʻlanishni oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Trofik bogʻlanishlar orqali E. da moddalarning biologik transformatsiyasi amalga oshadi. Zamonaviy usullar, xususan, Ekotizim. ni matematik modellashtirish orqali bu jarayonlar jadalligi va samaradorligini miqdoriy jihatdan aniqlash tabiiy resurslardan samarali foydalanish va odam yashaydigan muhitni saqlab qolish masalalarini hal etishda muqim ahamiyatga ega. Koʻp hollarda biogeotsenoz atamasi ham Ekotizim. atamasi sinonimi sifatida ishlatiladi. 2. Yer nazariy – farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo’lib o’rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro. Yer qobig’i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5 – 10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 – 45 km, tog’li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o’zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig’ini o’rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog’ jinslari harorati o’rtacha har 33 metrda 1°C ga ko’tariladi.
Qobiq qatlamida bir birini almashtirib takrorlanuvchi (qum, tuproq, gil, ohaktosh kabi) cho’kindi jinslar qavati hamda, granit va bazaltdan iborat magmatik qavatlar mavjud. Cho’kindi jinslar asosan organik moddalarning yig’indisidan iborat bo’lib, ularning ko’pchiligi foydali qazilmalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Cho’kindi jinslar qavatidan keyin granit qatlami mavjud bo’lib, u yer qobigi’da magmaning yuqori bosim va haroratda otilib chiqishi va sovub, qattiq holatga o’tishi tufayli vujudga kelgan. Granitdan keyin bazalt qatlami mavjud bo’lib, u granitdan ko’ra og’irriq va unda temir, kaltsiy va magniy moddalari ko’proq. Qobiqdan keyin, 33 – 29000 kilometr chuqurlik intervallarida Mantiya joylashgan. Mantiya Temir, Magniy va Qo’rg’oshindan ekanligi va o’rtacha harorati 2000 °C atrofidaligi taxmin qilinadi. Yer qobig’i va mantiyasining yuqori qismi o’zaro birgalikda yer litosferasini tashkil qiladi. Litosfera bir necha ulkan litosferik plitalardan iborat bo’lib ular doimo bir biriga nisbatan harakatda bo’ladi. Aynan shu litosferik plitalar chegaralari bo’ylab zilzilalarning nisbatan ko’p o’choqlari paydo bo’ladi. Mantiya va qobiq chegarasi – «Moxrovich yuzasi» deb ataladi va unda seyesmik to’lqinlar tarqalish tezligi keskin sakrashlar bilan kuchayadi. Materiklardan 120 – 150 km, okeanlardan esa 60 – 400 km chuqurlikda «Atenosfera» deb nomlanuvchi qatlam joylashgan bo’lib, bu qatlamdagi moddalar erish haroratiga yaqin va juda ham past qovushqoqlik xususiyatida ekanligini, va bu qatlam o’zidan yuqorida joylashgan litosfera qatlamlarini o’z sirti bo’ylab sirpangan singari harakatga keltirishini soha mutaxassislari taxmin qiladilar. Yerning markaziy qismini esa, 2900–6371 kilometrlik qatlamda yer Yadrosi joylashgan. Yadro ham o’z navbatida ikki qismdan iborat deb taxmin qilinadi: Birinchi, tashqi qismi 2900–5000 kilometr qalinlikda bo’lib, uning suyuq holda, ya’ni, erigan temir va uning aralashmaliridan iborat ekanligi, va ikkinchi – ichki yadro 5000–6731 kilometr qatlamda bo’lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. Yer yadrosining tuzilishi va fizik xususiyatlari hali to’liq o’rganib chiqilmagan. 3. Abiotik omillar, muhitning abiotik omillari (yun. a – inkor qo‘shimchasi va bios – hayot) – muhitning tirik organizmlarga ta’sir etuvchi no-organik omillari (iqlim, temperatura, namlik, radiatsiya, tuproqning sho‘rxokligi va boshqalar) majmui. Abiotik omillar kimyoviy (havo, suv, tuproq tarkibi), fizikaviy (quyosh va kosmik radiatsiya, yorug‘lik va issiqlikning taqsimlanishi, havo oqimlari gravitasiyasi, suv almashinuvi qonuniyatlari va hokazo) omillarga bulinadi. Tirik organizmlar turi, zoti yoki navining uz are-ali chegarasidagi soni va taqsimlanish darajasi organizmlarning yashashi uchun zarur hisoblangan, ammo eng kam miqdordagi cheklangan Abiotik omillar ga bog‘liq. Tirik organizmlar taraqqiyot jarayoni-da muhitning Abiotik omillar ta’siriga moslashib boradi. Omillardan ayrimlarining ortiqcha yeki kamligi tirik organizmlarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (yana qarang Biotik omillar). Ekologik sistemalarning abiotik (o‘lik) omillariga quyidagilar kiradi: 1. Iqlim omillari. 2. Tuproq omillari. 3. Topografik omillar. Iqlim omillariga harorat, yorug‘lik, suv kiradi. Biz quyida o‘sha omillarning tirik organizmlarga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Harorat Yerdagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va tarqalishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biridir. Hayotiy jarayonlar tor harorat diapazonida kechadi. Ko‘pchilik o‘simlik va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud bo‘ladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki to‘xtashi) holatiga o‘tadi. Ammo Antarktidada – 70°C sovuqda ham suvo‘tlari, ishayniklarning ayrim turlari, pingvinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi 50–60°C ga tengdir. Bunday haroratda fermentlar faolligi buziladi va oqsillar ivib oladi. Lekin geotermal buloqlarda ayrim mikroorganizmlar 70–80°C da ham yashay olishi kuzatiladi. O‘simliklar va ko‘pchilik hayvonlar tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. ‘simliklarning sovuqqa chidamliligi hujay – ralarda qand miqdorining ko‘pligi va hujayra shirasi konsentra – tsiyasining ortiq yoki suvning kamligiga bog‘liq. Tana haroratini saqlay lish xususiyatlariga ko‘ra hayvonlar issiq qonlilar va sovuq qonlilarga bo‘linadi. Sovuq qonlilarga umurtqasizlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar iradi. Ular tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. Muhit haroratining ko‘tarilishi bu organizmlarda fiziologik jarayonlarning tezlashishiga olib keladi. Muhit haroratining ma’lum iapazondan pasayishi metabolik jarayonlarning susayishiga va organizmlarning o‘lishiga sabab bo‘ladi. Evolutsiya jarayonida issiq qonli organizmlar tashqi muhit haroratining juda eng o‘zgarishidan qat’i nazar, o‘z tana haroratini doimiy holatda saqlashga moslashgan. Issiq qonlilarga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. Qushlarning tana harorati 40°C dan uqoriroq, sutemizuvchilarniki esa 37–40°C atrofida saqlanadi. Tana haroratining doimiy saqlanishi ikki xil mexanizm asosida amalga oshadi. Kimyoviy mexanizm oksidlanish-qaytari lish reaksiyalarining jadalligiga bog‘liq bo‘lib, markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor usulda idora qilinadi. Tana haroratini bir xil saqlashda to‘rt kamerali yurakning paydo bo‘lishi, nafas sistemasining takomillashishi ham katta hamiyatga ega bo‘lgan. Issiqlikni o‘zgartirmay saqlashning fizik mexanizmlari qalin jun, patlar, teri osti yog‘ kletchatkasi, teri bezlarining paydo bo‘lishiga, qon aylanishining nerv istemasi orqa idora qilish mexanizmlarining paydo bo‘lishiga bog‘liqdir. Hayvonlarning tashqi muhit harorati o‘zgarishiga moslanish mexanizmlaridan biri migratsiya, ya’ni qulay aroratli joylarga ko‘chib o‘tishidir. Kitlar, ba’zi qushlar, baliqiar, hasharotlar va boshqa hayvonlar yildavomida migratsiya qiladi. Sovuq qonlilarning ayrim turlari harorat pasayganda oki keskin ko‘tarilganda karaxt bo‘lib qoladi. Issiq qonlilarning ayrim vakillari oziq yetishmasa yoki muhit harorati pasaysa, uyquga ketadi (ayiqlar, bo‘rsiqlar). Bunda moddalar lmashinuvi susayadi, lekin tana harorati deyarli pasaymaydi. Mikroorganizmlar, o‘simliklar va tuban hayvonlarning haroratga moslashishlaridan biri ularning anabioz holatiga ‘tishidir. Mikroblar anabioz holatida sporalar, sodda hayvonlar esa sistalar hosil qiladi. Yorug‘lik. Ekosistemalarda kechadigan jarayonlarni asosan quyosh energiyasi ta’minlaydi. iologik ta’sir nuqtayi nazaridan olganda quyosh nuri uch xil spektrga: ultrabinafsha, ko‘rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi. Atmosferaning yuqori chegarasida quyosh doimiyligi eb ata – ladigan quyosh nurlanishining quvvati 1380 W/m2 ga tengdir. Ammo Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlanishining quvvati birmuncha kamroqdir, chunki orug‘likning bir qismi atmosferada yutiladi va qaytariladi. Atmosferaning yuqori qatlamlaridan o‘tib, Yer yuzasiga yetib keluvchi quyosh nurlarining to‘lqin uzunligi taxminan 0,3–10 km ga tengdir. Ultra – binafsha nurla rining juda kam qismigina yer yuzasiga yetib keladi. Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi 0,30–0,40 mkm ga teng bo‘lganligi va yuksak imyoviy faolligi tufayli tirik hujayralarni jarohatlashi mumkin. Lekin ultrabinafsha nurlar organizmlar uchun kam miqdorda zarur hisoblanib, foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ular D vitaminining, ko‘z to‘r pardasi pigmentining va teri pigmentining hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rinadigan nurlarning to‘lqin uzunligi 0,40– 0,75 mkm ga teng bo‘lib, Yerga yetib eluvchi quyosh nurlarining 50 foiziga yaqinini tashkil etadi. Hayvon va o‘simliklarga har xil to‘lqin uzunliklaridagi nurlar turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Har xil hayvonlar bir-biridan rangni o‘rish qobiliyati bilan farq qiladi. Bu xususiyat, ayniqsa, primatlarda yaxshi rivoj langan. Ko‘rinadigan nurlar o‘simliklarda fotosintez jarayonining amalga oshishida katta ahamiyatga ga. Ammo fotosintez uchun faqat 1 foiz ko‘rinadigan nurlar sarflanadi, qolgan qismi esa qaytariladi yoki issiqlik sifatida tarqaladi. O‘simliklarda fotosintez jadalligi yorug‘likning ptimal darajasiga (yorug‘lik to‘yinishiga) bog‘liq. Bu optimal darajadan o‘tilganda fotosintez sekinlashadi. O‘simliklar ko‘rinadigan nurlarning har xil spektrlarini fotopigmentlar orqali ‘zlashtiradi. To‘lqin uzunligi 0,75 mkm dan yuqori bo‘lgan infraqizil nurlarni odam ko‘zi ilg‘amaydi, ular tirik organizmlar qabul qiladigan quyosh energiyasining 49 foizga yaqinini ashkil qiladi. Infraqizil nurlar asosiy issiqlik manbayidir. Tik tushadigan quyosh nurlari tarkibida ular, ayniqsa, ko‘p bo‘ladi. Yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar yorug‘sevar, oyasevar, soyaga chidamlilarga bo‘linadi. Yorug‘sevar o‘simliklar yaxshi yorug‘lik tushadigan ochiq joylardagina rivojlana oladi. Ularda fotosintez jarayoni jadal kechadi. Cho‘llarda ala cho‘llarda o‘sadigan ovvoyi piyozlar, lolalar shular qatoriga kiradi. Soyasevar o‘simliklar sa aksincha, kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi, doimiy soya oylarda o‘sadi. Bunday simliklarga o‘rmonlarda o‘sadigan aporotniklar, moxlar kiradi. Soyaga chidamli o‘simliklar soya oyda ham, yaxshi yoritilgan joylarda ham bemalol o‘saveradi. ularga qayin, rag‘ay, an daraxtlari, o‘rmon yertuti, binafsha abi o‘simliklar kiradi. Yorug‘likning hayvonlar uchun sosan informativ ahamiyati mavjuddir. Sodda hayvonlarda orug‘lik sezuvchi xususiyat ‘lib, u orqali fototaksis (yoritilgan omonga harakatlanish) amalga oshadi. Kovakichlilardantortib deyarli hamma hayvonlarda yorugiik sezuvchi a’zolarmavjud 3. Biotik omillar, muhitning biotik omillari — bir yoki har xil turga mansub oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga taʼsiri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan boʻladi. Biotik omillar har xil turdagi tirik organizmlarning oʻzaro taʼsiridan iboratligi bilan muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi. Organizmlarning oʻzaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai boʻlishi (oʻt oʻsimliklar oʻtxoʻr hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, oʻtxoʻr hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning koʻpayishiga imkon yaratishi (oʻsimliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, gʻoʻzaning xavfli kasalligi—viltni hosil qiluvchi patogen zamburugʻ uchun gʻoʻza xoʻjayin oʻsimlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va boshqa ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga oʻxshash organizmlar orasida, mas, agar oʻsimliklarning yoruglik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi bir xil boʻlsa, raqobat paydo boʻladi. Simbioz hayvonlar, oʻsimlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli oʻsimliklar (beda va boshqalar) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar oʻsimliklar hayoti uchun zarur boʻlgan uglevodlar va boshqa organik moddalarni oʻsimliklar ildizidan oladi. Biotik omillar har doim muhitning abiotik omillari taʼsiriga uchraydi va oʻz navbatida unga faol taʼsir etib, uni oʻzgartirib boradi. 4. Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va boshqalarni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Atom sanoatining rivojla-nishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining ko‘payib borishi muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib ke-ladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga aylantirdi 5. Quyosh nuri va atmosfera havosi kabilar ekotizimning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ekotizim juda keng tushuncha bo‘lib, u tabiiy (o‘rmon, to‘qay,'cho‘l) hamda sun’iy majmualar (akvarium, paxtazor, issiqxona, kosmik kema)ga nisbatan ishlatiladi. Ekotizimda moddalar aylanishi uchun uch guruhga kiruvchi organizmlar bo‘lishi zarur. Bular yashil o‘simliklar (produtsentlar), hayvonlar (konsumentlar) va mikroorganizmlar (redutsentlar)dir. Shunday qilib, mikroblari bilan bir tomchi suv ham, o‘rmon ham, gul tuvak ham, fazo kemasi ham, oqova suvlarni tozalash inshooti ham ekotizimdir. Ekotizim har qanday o‘zgaruvchi deb qaralib, ma’lum sharoitda undagi barcha tirik organizmlar o‘zaro bir-birlari bilan hamda atrof-muhit bilan bog‘lanishda bo‘ladi. Natijadaushbu tizimlar energiya va modda aylanishini keltirib chiqaradi. Ekotizim o‘z-o‘zini boshqarish va ushlab turish xususiyatiga ega. Ekotizmlarni o‘z tuzilishi va vazifalarini tirik omillar ta’sirida ushlab turish qobiliyati uning barqarorligi deb ataladi. Inson o‘z manfaatlari yo‘lida ekologik tizimlarni va alohida populyatsiyalarni boshqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazganda, masalan, yirtqich hayvonlarni yo‘qotayotganda, hayvonlar va o‘simliklarni ko‘chirayotganda, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olishi zarur. Ekotizimning suv, tuproq va atmosfera havosi kabi tarkibiy qismlariga insonning hukmronligi kuchayib borishi tabiatni muhofaza qilishgina emas, balki inson o‘zini ham muhofaza qilish zaruriyatini vujudga keltirdi. Bu esa ona tabiatni asrab-avaylashni, uning bir-butunligini saqlash lozimligini taqozo qiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan amalga oshib qolmaydi. Ekologik tizimdagi barcha tirik organizmlarni tabiiy holatiga zarar yetkazmaslik uchun odamlar, har bir organizm bilan o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Download 24.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling