0‘zbekistonda diniy qarashlarning paydo bolishi va uning san’atdagi ifodasi


Download 76.39 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi76.39 Kb.
#1551735
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diyorbek






bjardi:______________________
tekshirdi:___________________

2023

Reja:
1.Kirish.


2. Ibtidoiy jamoa davri san’ati.
3. 0‘zbekistonda diniy qarashlarning paydo bolishi va uning san’atdagi ifodasi
4. . Markaziy Osiyo hududida mustaqil davlatlaming tashkil topishi
va antik davr san’ati.

Kirish:
Bugungi O'zbekiston hududi insoniyatning qadimiy manzillaridan


hisoblanadi. Jayhun va Sayhun kabi ikki daryo oralig‘ida joylashgan bu
hududda qadimshunoslarning fikriga ko'ra million yildan ortiq vaqt
mobaynida odam yashab keladi. Shu uzoq asrlik taraqqiyot davomida
bu yerlarda turli davlat va birlashmalar paydo bo‘ldi yoki atrofda
shakllangan yangi davlatlar tarkibiga kirdi. Ana shu jarayon va taraqqiyot
goh ko'tarilib, goh so'nib o‘z yoMida izlarini qoldirib keldi. 0 ‘zbekiston
san’ati tarixi ayni shu izlami o'rganib uni san’atdagi namunalari orqali
tahlil etadi. Ma’lumki san’at tushunchasi keng/Biz san’at deganda inson
hissiyoti bilan bogMiq boMgan faoliyatni nazdT3a"tutarniz./lnson esa o‘z
hissiy tuyg‘ularini ovoz-tovush, imo-ishora, xatti-hairllcattfcnfodalashi yoki
boMmasa chizish, shakllar, bo'yoqlar orqali ko'rsatishi, so‘z bilan bayon
qilishi mumkin. Shulardan kelib chiqib san’at o‘z yo'nalishini belgilaydi.
Ularni eshitish yoki ko'rish mumkin. Musiqa, teatr, adabiyot, she’riyat,
raqs, kulolchilik, zargarlik, me’morchilik, rassomlik , haykaltaroshlik va
boshqa san’at turlari shunday belgilanadi. Shuning uchun ham biz
san’at yo'nalishini chegaralab faqat ko'rishga mo'ljallangan tasviriy, amaliy
va me’morchilik san’atini O'zbekiston hududidagi taraqqiyot yo'lini
o'rganib chiqamiz. Bu san’atni o'rganishning ikki muhim tomoni bor.
Birinchisi bu san’atni faqat ko'rish, idrok etish orqali o'rganish mumkin.
Har qanday so‘z san’ati uni ta’riflashga ojizlik qiladi. Ikkinchi tomondan
bugiin biz yashayotgan va o‘rganmoqchi bo'lgan 0 ‘zbekiston hududida
bir birini almashtirgan davlat birlashmalari, mustaqil qudratli davlatlar
boMgan, ba’zida bu hudud o'zga davlatlar tarkibiga kirgan. Uning san’ati
ham shu jarayonlarda o'zgarib borgan. Shuning uchun bu san’atni
o'rganish qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. San’atning evolyutsion
taraqqiyotini ko'rish uchun esa san’at tizimi qatori bo'lishi kerak. Afsuski
ana shu ko'rish, idrok etish qatorida o'pirilish va uzulishlar bor. Bu esa
san’at taraqqiyotini rivojidagi ketma-ketlikni to‘g‘ri tasawur etishga xalaqit
beradi. Shunday paytda qiyosiy taqqoslash, ya’ni u yoki bu davrda qo'shni
davlat va xalqlar san’atining ayni shu davrdagi holati va ko'rinishini
o'rganish, xalq og'zaki ijodi, afsona va rivoyatlar, shuningdek shu davrga
oid yozma manbalar, arxeologik topilmalar qo'l keladi. Shuning uchun
biz ham shu uslubdan foydalanib qo'shni davlatlar Turkm aniston,
QozogMston, Tojikiston, Afg'oniston san’ati namunalariga murojaat
qilamiz. Kitobda shu mamlakatlar san’atiga oid ayrim rasmlaming
kiritilishining boisi ham shunda. O'zbekiston san’atini o'rganishda yana
bir muammo bor. U ham bo'lsa tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratilgan
san’at asarlarini ko'rinishini aks ettiruvchi rasmlaming (illustratsiyalami)
kitobga kiritish masalasi. Asarlar ko'p. Tabiiyki ularning hammasini ham
kitobda berish qiyin. Shuning uchun rasmlar tanlanganda, muallifningnazaridi eng zarur hisoblangan namunalar va juda chegaralangan holda
rangli rasmlar berilgan. Kitobning matni ham dasturdan kelib chiqib
qisqa yo‘1 ko'rsatkichga yaqinlashtirib olingan. Shuning uchun ham
kitobxon mazkur qo'llanmani dasturulamal sifatida qabul qilib bugungi
kunda ko'plab o'zbek san’atiga bag'ishlangan kitoblar, ulardagi rasmlar,
O'zbekiston va undan tashqarida muzeylarda saqlanayotgan san’at asarlari
bilan yaqindan tanishib borish orqaligina san’atning tub mohiyatini,
undagi go'zallikni ochib boradi. Shu faoliyatda o'quvchi kitobxonga omad
tilayman. 

Ibtidoiy jamoa davri san’ati


1. Qadimgi tosh asri (Paleolit). Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy
sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk
manzillarining paydo bo'lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakllanishiga
imkon berdi. Shu zaminning ajralmas qismi bo'lgan O'zbekiston hududida
juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadinishunoslar fikriga ko'ra, bu zaminda million yildan beri odam yashab
kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun daryolari (Amu va
Sirdaryo avval shunday nom langan) oralig'idagi havzada kishilik
jamiyatining ilk shakllanishi, lining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji
o'ziga xos evolyutsion taraqqiyotda bo'lib, shu yerda ibtidoiy to'da,
qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo'jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at
rivoji mavjud bo'ldi. ------ —
O'zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk
bosqichi mil. avval 700—600 ming yillikdan 100 minginchi yillargacha
bo'lgan davrga borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari —
toshdan ishlangan chopqichlar sifatida paydo bo'lgan. Shunday qurollar
So'x vohasining Selung'ur g'oridan, Ohangaron daryosi yaqinida
Ko'lbuloq manzili, Boysun tog'Iari va Zarafshon etaklaridan topilgan,
Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga
ishlov berilgan chopqichlar bo'lib, uning bir tomoni uchli va o'tkir
bo'lishiga e ’tibor berilgan. Tosh asrining so'nggi bosqichiga kelib hozirgi
zamon odam qiyofasi shakllandi, odamlar tabiiy g'orlam i o'zlashtira
boshladilar. Ular endilikda toshdan tashqari suyak, yog'ochdan o'zlari
uchun kerakli buyumlami yarata boshladilar, bigizlar paydo bo'ldi. Bu
davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib
keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan
u staxonalar paydo b o 'la boshladi, rassom lik, hay k altaro sh lik ,
m e’morlikning dastlabki ko'rinishlari shakllandi. Ibtidoiy odamlar o 'z
mehnat va ov qurollariga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlariga
turli belgi va chiziqlar chizib ularning go'zalligini orttira boshladilar,
o'zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat qildilar
Ibtidoiy jamoa davrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g'or
devor va shiplariga, suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvonlar
tasviri ishlangan. O'zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent,
Surxondaryo, Farg'ona, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida saqlanib qolgan.
Tasvirlar chaqa qilish (ya’ni qattiq tosh bilan urib yuzada chuqurchalar
hosil qilish), o‘yish, qattiq qurol bilan yuzani tirnash yoki chizish, tabiiy
bo‘yoqlar (rangli tuproqlar)ni mol yog‘i bilan aralashtirish asosida
yuzalarga ishlangan. Obirahmat, Xo'jakent (Toshkent), Suratsoy,
Soymolitosh (Farg'ona), Zarautsoy (Surxondaryo), Taqatosh (Jizzax)
rasmlari mashhur. Bu tasvirlarning ko'pchiligida hayvonlaming alohida
turgan, yotgan holati, hayvonlar to'dasi, asta ov manzaralarini aks
ettiruvchi rasmlar uchraydi. Shunday dastlabki rasmlardan qoyaga o‘yib
ishlangan yotgan holdagi katta kiyik rasmi, oyog'iga yog'och sanchilgan
buqa hamda chaqalash uslubida ishlangan buqa tasvirlari e’tiborli. Ularda
ibtidoiy rassom hayvonga xos xususiyatlami ko'rsatishga harakat qilgan.
0 ‘rta tosh asri (Mezolit, milocldan awalgi 12—7 minginchi yillar).
0 ‘rta tosh asriga kelib odamlar katta bomagan jamoalarga birlashib katta
m aydonlami egallay boshladilar. Suv havzalari y a q in la rid a , to g ‘
yonbag‘irlaridagi yerlarda, daryolar oralig'idagi orolchalarda yashaydigan
m anzillar paydo b o ‘ldi. O vchilik, b a liq c h ilik va te rm a c h ilik b ilan
shug'ullanish rivojlandi. Bu davrga kelib toshga ishlov berish ham murakkablashdi.
Hayvonlami xonakilashtirish kengayib
bordi. It va boshqa hayvonlar ibtidoiy odamning yordamchisiga aylandi.
Inson hayotidagi bunday o‘zgarishlar uning m a’naviy olamida ham o‘z
ifodasini topa boshladi. Uning tevarak-atrofga munosabati ham o‘zgardi.
Fikr yuritish, o'zini anglash va hislariga e ’tibor berish rivojlanib bordi,
ruh, o‘zga olam tushunchalari murakkaBlashdi. Bu 0‘zgarishlar uning
yaratgan buyumlari, ishlagan rasmlarida hc^n ifodasini topdi. Shu davrdan
san’at rivojlanishiga xos xususiyatlar sezilarli darajada o‘sdi. Agar qadimgi
tosh asrining so‘nggida yaratilgan rasmlar — tasvirlarga e ’tibor bersak
ularda hayvonlam ing alohida ko‘rinishi turgan, yotgan holda
ishlanganligini ko‘ramiz. Xo'jakent, Suratsoy rasmlari tahlilida shuning
guvohi boMgan edik (1— 3-rasmlar). Ularda ibtidoiy rassom hayvonlar
alohida tasvirlarining haqqoniy boMishiga, o‘ziga xosligini ko‘rsatishga
harakat qilgan va m a’lum darajada
shunga erishgan.

Download 76.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling