0‘zbekistonda diniy qarashlarning paydo bolishi va uning san’atdagi ifodasi
‘zbekistonda diniy qarashlarning paydo boMishi va
Download 76.39 Kb.
|
Diyorbek
0‘zbekistonda diniy qarashlarning paydo boMishi va
uning san’atdagi ifodasi Markaziy Osiyo yerlarida diniy tushunchalaming paydo bo'lishi, rivojlanishi va san’atning unga xizmati, diniy e’tiqod va tushunchalar tarixiga to‘xtaladigan bo'lsak u bizni uzoq o‘tmishga yetaklaydi/Bu yerlarda qadim paytlarda diniy tushunchalar magiya, totemizm,jmemist tasavvurlar paydo bo'lgan. Diniy tasavvurlar, o'lganlar ruhi tushunchalari aniq ashyoviy dalillarda o'z aksini topgan. Jumladan, Teshiktosh j'o ri Termiz yaqinidagi Turgandaryo vohasinine Boysun tog'larida qadimgi odamlar yashagan manzildan arxeologlar turli tosh qurollar bilan birga chamasi 8—9 yoshli o'g'il bolaning suyak qoldiqlari va uning atrofiga gir aylantirib qo'yib chiqilgan tog' echkisi shoxlarining topilishi muhim voqea bo'ldi. Bu topilma Markaziy Osiyo yerlarida juda qadim zamonlarda ko'mish marosimi va u bilan bog'liq diniy tushunchalar shakllana boshlagandan dalolat beradi. O'lgan odam yoniga turli buyumlar qo'yish, marhum ko'milganda uning yoniga hayotlik paytida ishlatgan, sevgan buyumlarini ham birga qo'shib ko'mish odati jamiyat rivojlanib borgani sari murakkablashgan. Diniy tushunchalar keng mushohadali falsafiy tus olib, ko'p dinlilik ko'p xudoga sajda qilish asta-sekin yakka ilohga sajdaga aylana bordi. Yangi-yangi dinlar yuzaga keldi. Ana shunday yirik dinlardan biri zardushtiylik dini edi. Mil. awalgi VII asrda shakllangan bu diniy ta’limot odamlarning turmush tarzi, urf-odatiga ta’sir etdi, odamlar yurish-turishi, kiyinishida shu din talabi va ta’siri bo'ldi. Zardushtiylik dini me’morlik, amaliy va tasviriy san’atda ham o'z aksini topgan. Zardushtiylik diniga binoan suv, havo, yer, olov muqaddas bo'lib, olov esa tozalovchi, poklovchi ilohiy kuch hisoblandi. Ana shu otashparastlik dini uchun muqaddas olov uylar qurilgan. Bu uylarda olov doim yonib turishi uchununi qo'riqlab, yaxshi Olov uyi. Tiklarigart (rekonstruksiya qftinganylogik topilma asosida tiklangan olov uyining ko'rinishi tepaga kichrayib boruvchi to'rtburchak shakllardan tashkil topgan. Uning tepasidan tutun chiqishi ichki xonasida muqaddas olov yonib turganligini bildiradi. Har bir shahar va qishloqda shunday olov uylari bo'lib, ularda m uqaddas olov saqlangan. Jarqo'rg'ondan topilgan olov uyi xarobasi shularning dastlabkisidir.Bu ibodatxona zardushtiylik dini arafasida qurilgan deb hisoblanadi.Xorazmdagi Jonbosqal’a, Buxoro, Samarqanddan topilgan olov uylarim qoldiqlari ham yuqoridagi fikrni isbotlaydi. Toshkent viloyatining Ostaaon yuzasiga ishlangan bo rtma hozirgi Oqqo rg on tumanidagi 3 msvir Qanqa arxeologik manzili olimlar fikriga ko'ra, qadimgi Toshkent davlatining markazi bo'lgan. Bu davlatni qadimgi davrlarda Yuni, Choch, Shosh deb atashgan. Qanqada ochilgan to'rt minorali qo'rg'onda saroy ibodatxonasi — kapella va olov mehrobi bo'lgan. Yozuv manbalariga ko'ra, davlatning asosiy ibodatxonasi qo'rg'ondan tashqarida sharqda bo'lgan. Bu ibodatxona o'rtasida supa bo'lib, unga marhum suyagi solingan ossuariylar qo'yilgan. Shu supa ortida esa eshik bo'lib, undan kichik xonaga kirilgan. Bu xonada muqaddas olov saqlangan, marosim kunlari u ibodatxona markazidagi mehrobga yoki muqaddas supaga olib chiqib qo'yilgan. Ibodatxona kompleksining xo'jalik xonalari bo'lib, u yerda turli buyumlar, jumladan, taqinchoqlar saqlangan. Odamlar shu uma atrofida aylanib marhum bilan xayrlashgan holda muattar hidli gullar sochganlar. Marosimning ajralmas qismi qurbonlik qilish va marosim oshi berish bo'lgan. Mazkur^ ibodatxona taxminan yangi eraning 1 minginchi yillar o'rtasida qurilgan/ uning katta xonasining devorlari rasmlar bilan bezatilgan bo'lgan. Zardushtiylik ma’lumotiga ko'ra, odamlar o'lgandan keyin uning jasadini yerga ko'mish gunoh hisoblangan. Shuning uchun odam o'lgandan keyin uning jasadini maxsus tepalikka olib borib qo'yishgan. Bu tepalik odamlar yashaydigan joydan uzoqda bo'lib, tepalikda esa turli itlar, burgut, yowoyi qushlar bo'lgan va ular odam go'shtini suyagidan ajratib bergan. Yomg'ir esa suyakni yanada tozalagan. Quyosh esa uni obdan quritgan. Shundan so'ng tepalik atrofida yashovchi odamlarsuyaklarniyig‘ib, sopoldan yasalgan idishchalarga solib, ko‘p hollarda marhumnin o‘z uyiga ko'mganlar. Bu idishchalami ostadonlar yoki ossariylar eb atashgaryAna shu ostadonlar shakli turli-tuman bo'lib, asosi to‘rtburchak shaklida, qopqog‘i esa turli shakllarda, hatto odam boshi yoki qomati shaklida, ba’zan xumga o‘xshatib, ba’zan o'tirgan odam shaklida yasalgan. Ostadonlarning yuzalariga esa bo'rtma tasvirlar ishlangan yoki rasm chizilgan. Bu tasvirlarda o‘sha davrlardagi odamlar urf-odati, masalan, aza tutish voqealari aks ettirilgan. Bunday ostadonlar 0 ‘rta Osiyo yerlaridan, xususan O'zbekiston tuprog'idan ko'plab topilgan. Shunday ostadonlardan biri Samarqand viloyatining Mullaqo'rg'onida topilgan. Bu ostadonning tashqi tomonida bo'rtma tasvir bo'lib, unda yonib turgan olovga ikki tomondan odamlar o'tin, yoqimli is tarqatadigan giyohlar tashlab turgan payti tasvirlangan. Ular og'izlarini maxsus bog'lagich bilan berkitib olganlar. Chunki olov muqaddas, unga hatto odamning nafasi ham tegmasligi kerak. Olov yonishi rasmi ham xarakterli. Olovning alangalari chiroyli va tartibli qilib ishlangan shakli keyinchalik bezak san’atida keng ishlatila boshlangan, bu shaklni antifiks deyiladi. /Oqtepa (Chilonzor tumani. Toshkent.) yodgorligi ham shu davming muhim yodgorligidir. Burchaklari minoralarga ega bo'lgan bu qo'rg'on ikki qavatli bo'lib, uning asosan burchaklaridagi xona va tokchalarining usti berk bo'lgan. Bu ibodatxona shahardan tashqarida bo'lib, katta marosim va tantanalar uchun foydalanilgan. Bu ibodatxona VIII asrda arablar yurishidan keyin tashlandiq holga kelgan bo'lsa ham, otashparastlar bu yerdan uzoq foydalanishgan va ostadonsiz ko'mish marosimlari o'tkazilgan.Yerqo‘rg‘onda ( 0 ‘zbekiston janubi) ham shahar ibodatxonasi majmuasi bo‘lib, yangi asrning 1 minginchi yillaming 2-choragiga to‘g‘ri keladi. Bu ibodatxona ma’buda Anaxitaga bag'ishlab qurilgan. Arxeologik ishlar davomida be- yerdan otashparastlik uchun zarur anjomlar: olovmehrobi, turli sopol buyumlar topilgan. Zardushtiylik dini jahon dinlarining qadimiysi bo'lib, ming yildan ortiq vaqt mobaynida ko'pgina Sharq xalqlarining asosiy dini bo'lib keldi. Markaziy Osiyo Eron, Ozarboyjon xalqlari islom diniga qadar shu dinga e ’tiqod qildilar. Hatto islom kirib Antifiks kelgandan keyin ham bu din uzoq vaqt mavqeyini saqlab kelgan. Ibn Sino davrida (X—XI asrlar) ham shu dinga e’tiqod qiluvchilar mavjudligi e ’tirof etilgan. Bu dinning ta’siri 0 ‘rta Sharqda qator davlatlar tuzilganda yanada ortib bordi, keyinchalik uning urfodat va qoidalarivangi Download 76.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling