Uyga vazifa berish. “Shoira” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Do‘stlik” (Xudoyberdi To‘xtaboyev).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga do‘stlik haqida ma’lumot berish, “Do‘stlik” hikoyasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: o‘qilgan hikoya mavzuyiga mos maqol topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga do‘stlikning qadriga yetishni o‘rgatish.
TK 5: hikoyada qahramonning insoniylik xususiyatlariga xolisona
fikr yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: hikoyadagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, muammoli izlanish. Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari. Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Shoira” hikoyasi o‘qitiladi, mazmuni hikoya qildiriladi. O‘quv- chilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
Shoira qanday qiz ekan?
Shoira qanday yutuqlarga erishgan? O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, siz do‘stlik, uning biz uchun qanchalik kerakligi haqi- da nimalar bilasiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz “Do‘stlik” hikoyasi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan do‘stlik, uning qanchalik hayotimizda o‘rin tuti- shi haqida suhbatlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi. O‘qi- tuvchi “Do‘stlik” hikoyasini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |