Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Bobomning sovg‘asi” hikoyasi bilan tanishamiz. (Mual- lif haqida ma’lumot beriladi.) Matnni o‘qituvchi o‘qiydi va hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar hikoyani navbat bilan o‘qiydi, qol- gan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
laxcha– qizarib , yallig‘lanib , lovullab turgan cho‘g‘, o‘t
so‘lim – yoqimli va go‘zal
ishqiboz – mehr-havas qo‘ygan, havasmand
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Bobomning sovg‘asi” hikoya- sini “Zanjir” usulida o‘qiydi va qayta hikoya qiladi.
Obid bilan Murod qayerga bordi?
Bolalar bobosining bog‘ida qanday mevalar yeyishdi?
Bobo nabirasiga nimani sovg‘a qildi?
“Oltinchisini top” o‘yini.
Laylak, turna, qaldirg‘och, mayna, sa’va, …(bulbul)
Bo‘ri, bo‘rsiq, tulki, ayiq, yovvoyi cho‘chqa, …(arxar)
Tog‘, bog‘, adir, qir, tekislik, …(cho‘l)
Ummon, daryo, soy, irmoq, dengiz, …(ko‘l)
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoya nima haqida ekan?
Siz qanda matnda uchramaydigan qushlar va hayvonlarni bilasiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Bobomning sovg‘asi” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Nihollarning nolasi” (Xudoyberdi To‘xtaboyev)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Nihollarning nolasi” hikoyasi bilan tanish- tirish, ravon va ifodali o‘qishga, matn ustida ishlashga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |