Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Laqma it kimlardan boshpana so‘radi?
Siz ham dangasalik qilganmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Laqma it” ertagining 1-qismini o‘qish.
Mavzu: “Laqma it” (Shukur Sa’dulla). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga mehnatsevarlik fazilati, dangasalik oqibat- lari haqida ma’lumot berish, “Laqma it” ertagining II qismi bilan ta- nishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakl- lantirish.
FK 1: asarning mazmunini qisqartirib, qayta aytib berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlikka, birovning mehnatini qadrlashga o‘rgatish, axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK 4: asarda bo‘layotgan hodisa jarayonlariga daxldorlikni his etish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Ma’nodosh so‘zlar” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Laqma it” ertagi o‘qitiladi, 3-4 nafar o‘quvchidan yoddan so‘ra- ladi. Ertak yuzasidan savol va topshiriq beriladi.
“Laqma it” ertagida qanday illatlar haqida so‘z boradi?
Ertakdagi sizga yoqqan qahramon haqida so‘zlab bering. O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |