4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
Download 0.84 Mb.
|
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni.
- Lug‘at ishi
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.“Baqa bilan taqa” ertagining 2-qismi o‘qitiladi, o‘quvchi ertak maz- munini so‘zlab beradi. Ertak mazmuni yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Baqa nima uchun taqasini oldirib tashlashga rozi bo‘ldi? Siz ham o‘zingizga noloyiq ishga qo‘l urganmisiz? O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi. Yangi mavzu bayoni.– Bolajonlar, dangasalik qanday xislat? U qanday oqibatlarga olib keladi? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi. Bugun biz Shukur Sa’dullaning “Laqma it” ertagi bilan tani- shamiz. O‘quvchilar bilan dangasalik, uning oqibatlari haqida suhbatlashib, fikrlari tinglanadi. Nima uchun xalqimizda “Bugungi ishni, ertaga qo‘yma” degan naql bor? Dangasalar nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi? O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi. “Laqma it” ertagining I qismi asosida lavha namoyish qilinadi. Kadr ortidan ertak matni o‘qiladi. O‘qituvchi “Laqma it” ertagini ifodali o‘qib beradi. Ertak mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar ustida lug‘at ishi o‘tkaziladi. Lug‘at ishi:g‘o‘ra – dovuchcha nishxo‘rd – mol yemay qolgan xashak Yangi mavzuni mustahkamlash.Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Laqma it” ertagi o‘quvchilarga rollarga bo‘lib o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi: It Moshxon, Echki va Olaqashqalardan nima uchun yordam so‘radi? Moshxon nima uchun itni uyga kiritmadi? O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbi- yaviy xulosa chiqariladi. “Kimning ovozi?” o‘yini. Ekranda ketma-ket ertak qahra- monlarining ovozlari ertakdagi qismlari bilan eshittiriladi. Har bir ovoz eshittirilgandan keyin turli xil variantlar namoyish etiladi. O‘quvchilar ovoz egasi namoyish qilingan rasmni belgilaydilar. “Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Laqma it” ertagidagi qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling