Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Shifokor bo‘lish uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?
Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” ertagining 2-qismini ifodali o‘qib, qayta hikoyalash.
Mavzu: “Baqa bilan taqa” (Ertak). (Aziz Abdurazzoq).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, sidirg‘a va to‘g‘ri o‘qishga, ertak qahramonlarining fe’l-atvorini aniqlash hamda qiyosiy tavsiflashga o‘rgatish.
FK 1: ertakni ongli, ifodali, o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni o‘zgalarning fikriga quloq solish, qaysar- lik qilmaslikka o‘rgatish, turli kasb egalariga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini tarbiyalash.
TK 4: asarda bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his etish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ertak yuzasidan o‘z fikr-mulo- hazalarini og‘zaki tarzda izchil ifodalash qobiliyatini rivojlantirish, test
yechish malakalarini shakllantirish, so‘z boyligini oshirish.
FK 2: o‘rganilgan asar mazmunidan ta’sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Ikki qismli kundalik”, “Shifrlangan so‘z”, “Baqaga yordam bering” mashqlari.
Dars jihozlari: turli kasb egalari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |