4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet91/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uyga vazifa berish. “Ziyrak uch yigit” ertagining 3-qismini o‘qish.




Mavzu: “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” (Anvar Obidjon).
1-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” ertagi mazmuni bilan tanishtirish, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: ertakni ongli, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni to‘g‘riso‘zlikka o‘rgatish, yolg‘onchilik va ochko‘zlikning oqibatlari haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini, o‘z fikrini erkin bayon etish qobili- yatlarini rivojlantirish.
TK 2: asardagi materiallarga ongli munosabat bildirish.
FK 2: o‘rganilgan ertakning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Do‘stingni tanla va fikringni yakunla”
mashqi.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism: Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Ziyrak uch yigit” ertagini o‘quvchilar rollarga bo‘linib o‘qib, hikoya qilib beradilar.
“Venn diagrammasi” metodi orqali uch ziyrak yigit topqirligini, ziy- rakligini taqqoslaydilar.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun sizlar bilan Anvar Obidjonning “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” ertagining 1-qismi bilan tanishamiz.

Anvar Obidjon haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ertak mazmuniga mos lavha namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi. Ertak mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilar “Zanjir” usulida matnni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling