Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Savol-javob o‘tkaziladi.
Ziyrak uch yigit sharob, kabob va hokim haqida qanday taxmin qildilar?
Ertakni davom ettira olasizmi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismini so‘zlash.
Mavzu: “Ziyrak uch yigit” (Ertak). 3-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ziyrak uch yigit” ertagining 3-qismi bilan tanishtirish, ertakni ifodali, rollarga bo‘lib o‘qish ko‘nikmasini o‘stirish. Ertak matnini qismlarga bo‘lish, reja tuzish ko‘nikmasini shakllantirish.
FK 1: ertak mazmunini tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda hamjihatlik, inoqlik, do‘stlikni qadrlash tuyg‘ularini o‘stirish, halol mehnat qilishga undash.
TK 4: ertak qahramonlarning vijdonliligiga qarab xolis fikr yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash, nutqi- ni rivojlantirish, lug‘atini boyitish, ertakni o‘qib qissadan hissa chiqar- ishga o‘rgatish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish “Savollar hujumi”, “Di- namo”, “Zinama-zina” o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar. multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismini o‘qib, so‘zlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |