Lug‘at ishi:
fahm-farosat – aql-idrok mabodo – ehtimol
hayratda qolib – hayron bo‘lib, taajjublanib
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga “Ziyrak uch yigit” erta- gi “Zanjir usuli”dan foydalanib, navbatma-navbat o‘qitiladi. Mavzu mazmuni qismlarga bo‘lib so‘zlatib mustahkamlanadi.
Darslikdagi savollarga javob topiladi.
Aka-ukalar tuyaning qanday belgilarini aytishdi?
Hokim ularni nima uchun zindonga tashladi?
“Qahramonni top” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar berilgan gaplardan ertak qahramonlarining ismini topishi zarur.
Masalan: – Tuyaning bir tishi tushgan edimi? (Ismoil)
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Darsdan nimalarni bilib oldingiz?
“Ziyrak uch yigit” ertagida Ibrohim qanday xislatlarga ega?
Ibrohimning qaysi xususiyatlari sizga yoqdi?
Ertakni o‘qib qanday xulosa chiqardingiz?
Dars yakunlanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Ziyrak uch yigit” ertagining 1-qismini o‘qish.
Mavzu: “Ziyrak uch yigit” (Ertak). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarning ertak haqidagi nazariy bilimlarini boyitish. Ularning ertakni ifodali o‘qish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning ziyraklik, to‘g‘riso‘zlik, topqirlik, ahil- lik kabi fazilatlarini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |