Lug‘at ishi:
to‘lpoq – do‘mboq
qiroat – ohang bilan o‘qimoq yoki so‘zlamoq
bo‘tam – bolalarni bo‘taloqqa qiyos qilib, erkalatib aytiladigan so‘z dumbul – donli ekinlar, mevalarning ta’m kirib qolgan, lekin hali yetilib pishmagan holati
O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:
Sichqonchaga onasi odobli bo‘lish haqida nima deb nasihat qildi?
Shum baroq, Echkivoylar sichqonchani qanday qarshi oldi?
Darslik bilan ishlash.
“Toshchalarga qoqilib o‘qish” mashqi.
Faraz qiling – irmoqcha oqyapti. Uning yo‘lida “toshcha” uchraydi. Irmoqcha nima qiladi? Biroz to‘xtab, toshchani aylanib o‘tadi va yo‘lida davom etadi. Endi faraz qiling, bizning ovozimiz bu – irmoq- cha. Toshchalar – matnda uchraydigan barcha tinish belgilari. Gaplar- ni o‘qiyotgan vaqtda “toshchalar” (tinish belgilari)ga ahamiyat berib o‘qing.
O‘quvchilar navbat bilan o‘qiydilar. Yo‘llarida nechta va qanday “toshchalar” uchraganiga izoh beradilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar sahna ko‘rinishi qo‘yadilar. Bunda ular o‘z xohishlariga ko‘ra ertak qahra- monini tanlaydilar. O‘quvchilarga tanlagan qahramonlariga ovozlari va harakatlari bilan taqlid qilishlari lozimligi tushuntiriladi.
“Ertak qahramonlarini aniqla” mashqi o‘tkaziladi.
Mittigina, quvnoqqina, yebto‘ymasgina …. Bu ta’rif ertak- ning qaysi qahramoni haqida?
A) mushuk B) echki D) toshbaqa E) sichqoncha
Sichqoncha onajonisi bilan qayerda yashar ekan?
A) yerto‘lada B) uyning kovagida D) yo‘lakda E) tomda
Kichkintoylarning odobi, birinchi navbatda, nimadan bili-
nadi?
A) tabassum qilishidan B) gapidan
Do'stlaringiz bilan baham: |