D) salom berishidan E) kiyinishidan
Ertakda sichqoncha birinchi bo‘lib kimga salom berdi?
A) mushukka B) qo‘yga D) echkiga E) itga
Echki sichqonga nimaning chetidan ozgina kemirib olishni taklif qildi?
A)olmaning B) nonning D) pishloqning E) dumbulning
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga mavzu yuzasidan quyidagi savollar beriladi:
Ertak nima haqida ekan?
Ertak kimning nomidan bayon qilingan?
Ertakning asosiy g‘oyasi nimada deb o‘ylaysiz?
Darsdagi qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
Bu darsda olgan qaysi bilimlaringizni kelgusi hayotingizda qo‘l- lay olasiz?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 1-qis- mini o‘qish va mazmunini hikoya qilish.
Mavzu: “Odobli bo‘lish osonmi?” (Anvar Obidjon). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 3: ertak kitoblarni muntazam o‘qish va bilimini oshirish.
FK 1: ertak mazmunini qayta hikoya qilish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishga, xushmuomala bo‘lishga o‘rgatish, ularda o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |