Test topshiriqlari:
“Danak ichidagi daraxt” ertagining muallifi kim?
A) Shukur Sa’dulla B) G‘ayratiy D) Fitrat
E) Aziz Abdurazzoq
Kimlarning hovlisi bog‘ga o‘xshardi?
A) Ra’noning B) Munisaning D) Komilning E) Anvarning
“So‘zlovchi yomg‘ir” she’rining muallifi kim?
A) Aziz Abdurazzoq B) Abdurahmon Akbar
D) Habib Rahmat E) Qudrat Hikmat
Yomg‘ir tabiatga ko‘proq qaysi faslda kerak?
A) yoz B) kuz D) qish E) bahor
Mir Alisher ko‘chatlarni nima niyatda ekayotgan ekan?
A) hosilini sotish uchun B) uni maqtashlari uchun
D) kelajak avlod uchun E) o‘zi uchun
“Mozaika” mashqi o‘tkaziladi. O‘quvchilar kichik guruhlar- ga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga kabutar tasvirlangan rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig‘adilar.
Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanadi.
Bugun biz Shukur Sa’dullaning “Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan tinchlik, uning ramzi bo‘lgan kabutar haqida suh-
batlashib, fikrlari tinglanadi.
Bizning tinchligimizning ramzi nimada?
Tinchligimizning bardavomligiga biz qanday hissa qo‘sha olamiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi “Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” she’rini ifo- dali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yu- zasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |