4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet207/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. “Har kim har kimga o‘rgatadimetodi. O‘quvchilarga “Shoira” hikoyasi qismlarga bo‘lib beriladi. O‘quvchilar matn qismlarini o‘qib, hikoya mazmuni bir-biri-
ga o‘rgatadilar. So‘ngra Shoiraning qilgan ishlari haqida savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Shoira nima uchun o‘rtog‘inikiga borib, uy ishlariga yordam berishini oyisidan yashirdi?

    2. Shoiraning qaysi fazilati sizga yoqdi?

    3. Shoira qanday qiz?

Reja asosida o‘quvchilarga qayta hikoya qildiriladi.
– Berilgan gaplarni hikoyadagi voqealar ketma-ketligida joy- lashtirib reja tuzing va matnni qayta hikoya qiling.
Ekranda gaplar aralash holda beriladi. Gaplar to‘g‘ri joy- lashtirilsa, quyidagi ketma-ketlik hosil bo‘lishi kerak.
Reja:

  1. Shoiraning dars xonasi.

  2. Onasining xavotirlanishi.

  3. Shoiraning dugonasiga qilgan yordami.

Test topshiriqlari:


  1. Shoiraning dars xonasida qanday qog‘ozlar ilib qo‘yilgan?

A) dars jadvali B) maqtov yorlig‘i
D) chizgan rasmlari E) kun tartibi

  1. Habiba opa qayerda ishlaydi?

A) fabrikada B) maktabda D) do‘konda E) zavodda

  1. Shoira qayerga bordi?

A) maktabga B) kutubxonaga D) dugonasinikiga E) buvisinikiga

  1. Shoiraning dugonasi kim?

A) Qutbi B) Habiba D) Zebo E) Nodira

  1. Shoira qanday qiz?

A) dono B) mehnatkash D) ziyrak E) dangasa
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. Hikoya nima haqida ekan?

    2. Shoira nega xursand bo‘ldi?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling