4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet208/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uyga vazifa berish. “Shoira” hikoyasini o‘qish.




Mavzu: “Do‘stlik” (Xudoyberdi To‘xtaboyev).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga do‘stlik haqida ma’lumot berish, “Do‘stlik” hikoyasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: o‘qilgan hikoya mavzuyiga mos maqol topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga do‘stlikning qadriga yetishni o‘rgatish.
TK 5: hikoyada qahramonning insoniylik xususiyatlariga xolisona
fikr yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: hikoyadagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, muammoli izlanish. Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari. Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Shoira” hikoyasi o‘qitiladi, mazmuni hikoya qildiriladi. O‘quv- chilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.

  • Shoira qanday qiz ekan?

  • Shoira qanday yutuqlarga erishgan? O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, siz do‘stlik, uning biz uchun qanchalik kerakligi haqi- da nimalar bilasiz?

O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz “Do‘stlik” hikoyasi bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan do‘stlik, uning qanchalik hayotimizda o‘rin tuti- shi haqida suhbatlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi. O‘qi- tuvchi “Do‘stlik” hikoyasini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling