4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet209/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Lug‘at ishi:


Vova – rus millatiga mansub odam ismi
durustgina – yaxshigina
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Do‘stlik” hikoyasi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • Abduqodir bilan Vova qanday qilib do‘stlashib qolishdi?

  • Daftaringizga do‘stlik haqidagi maqollarni yozing.

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Krossvord”.

D

O‘

P

P

I




O‘

R

I

K




S

A

B

Z

I




T

U

Z







L

O

L

A

I

L

O

N

K

A

B

U

T

A

R
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolli- giga ko‘ra baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Do‘stlik” hikoyasini o‘qish.




Mavzu: “Mangu olov” (Ravshan Isoqov).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Mangu olov” she’ri bilan tanishtirish, tinchlik, uning ahamiyati, mangu olov haqida ma’lumot berish, o‘quv- chilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: ixcham matn asosida yaratilgan videotasvirlarni tinglab tu- shuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ezgulik, mehr-oqibat tuyg‘ularini tarbiya- lash, ularga vatan uchun jonini berganlarni doim xotirada saqlash, tinch- likning qadriga yetish, doim ogoh bo‘lishni o‘rgatish.
TK 5: hikoyada bo‘layotgan voqea jarayoniga daxldorlikni his etish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish, lug‘at ustida ish- lash, matn tuzib yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: asar mazmunidan ta’sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Mozaika”, “Bilag‘onlar” o‘yinlari. Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari. Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Do‘stlik” hikoyasi o‘qitiladi, mazmuni qayta hikoya qilinadi. “Do‘stlik” hikoyasi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Abduqodir kimga xat yozayotgan edi?

  • Abduqodir va Vova qanday qilib do‘stlashib qolishdi? O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga “Xotira maydoni” tasvirlangan rasmli konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yor-
damida yig‘adilar.
  1. Yangi mavzu bayoni.


– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?

  • Bugun biz Ravshan Isoqovning “Mangu olov” she’ri bilan tani- shamiz.

O‘quvchilar bilan vatan uchun jonini bergan fidoyilar haqida suh- batlashib, fikrlari tinglanadi.

  • Xotira va qadrlash kunini qachon nishonlaymiz?

  • Mangu olov qayerda joylashgan?

She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Mangu olov” she’ri asosida videolavha namoyish etilib, kadr ortidan matn o‘qiladi.
O‘qituvchi “Mangu olov” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling