4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet240/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uyga vazifa berish. “Bahor” she’rini yodlash.




Mavzu: “Non qayerdan keladi?” (Qambar O‘tayev)

Darsning maqsadlari:


Ta’limiy: o‘quvchilarga “Non qayerdan keladi?” she’rini ifodali o‘qishni o‘rgatish. Novvoy kasbi haqida ma’lumot berish.
FK 1: she’rdagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga nonni e’zozlash, uvol qilmaslik, uning inson rizq-ro‘zi ekanligini tushuntirish.
TK 4: tabiat in’omiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning she’rni ifodali o‘qish malaka- larini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan she’rning nomi, muallifini ajrata olish.
Dars turi: yangi, tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Do‘stingni tanla va fikringni yakun- la”, “Qofiyadosh juftini top” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Yoz” she’rini ifodali o‘qib, mazmunini so‘zlab beradilar. Savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Bolalar nima uchun yoz faslini sevishadi?

    2. Yozda qanday mevalar pishadi?
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun sizlar bilan Qambar O‘tayevning “Non qayerdan kela- di?” she’ri bilan tanishamiz. (Qambar O‘tayev haqida qisqacha ma’- lumot beriladi.)

She’r mazmuniga mos vedeolavha namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi. She’r mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilar “Ichda o‘qish” usulida matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling