FK2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Birikmadan gapgacha”, “Hayvonlar bilag‘oni”, “Yosh novvoy” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multi- media ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Non qayerdan keladi?” mavzusida yozib kelgan matn- larini o‘qishadi. O‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Non qadri haqida bobosi bolaga nima dedi?
To‘qsonga kirgan buvisi nonni asrash to‘g‘risida nima dedi?
Nonni nima uchun qadrlash kerak?
Siz suvi qochgan nondan qanday foydalanasiz?
“Yosh novvoy” o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi ekranda tandir rasmini ko‘rsatadi. O‘quvchilar har bir misrada “non“ so‘zi qatnashgan gapni to‘g‘ri topib, tandirchaning ichiga yopishtirishlari zarur bo‘ladi.
Mehmonga non qo‘yishar, Eng avval non yeyishar.
Mehmon uyga yo‘l olar, To‘g‘ram-to‘g‘ram non qolar.
Yangi mavzu bayoni.
Non qayerdan keladi, Bular qaydan biladi? Non yeb yurishar gohi, Tushar yerga ushog‘i.
Bugun biz “Oydin kecha” hikoyasining 1-qismi bilan tanishamiz. O‘qituvchi tomonidan hikoya muallifi haqida qisqacha ma’lumot be- riladi. O‘qituvchi hikoya mazmuni haqida gapirib beradi. Mavzu o‘quvchilarga “Ichda o‘qish” usulidan foydalanib, o‘qittiriladi.
Mavzudagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi
Lug‘at ishi:
hamqishloq – bir qishloqda yashaydigan odam serviqor – viqorli
Do'stlaringiz bilan baham: |