4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 0.84 Mb.
bet32/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar kuz faslida bo‘ladigan o‘zga- rishlarni ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom etadi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Kuz” she’rini ifodali o‘qish va yodlash.


Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa‘dulla). 1-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga “Qovun sayli” hikoyasi haqida ma’lumot berish. O‘quvchilarni ifodali o‘qish, mazmunini so‘zlab berish malaka- sini takomillashtirish.
FK 1: hikoya mazmuni va fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, o‘rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni, mantiqiy
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, muammoli izlanish, “Shivirlab o‘qish”, “Pinbord” usullari, “Qovunlar nomini toping” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalar.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rini yoddan aytib beradi. O‘quvchilarga savol va topshiriqlar beriladi.

  • Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

  • She’rdagi qofiyadosh so‘zlarni aytib bering.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling