4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet35/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish, asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib hikoyalash, qovun turlarini ajrata olish malakalari- ni, og‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Kim tez topadi?”, “Tanlab so‘zla”, “Egasini top” mashqlari.
Dars jihozlari: qovun turlari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Tanlab so‘zla” mashqi. O‘quvchilar “Qovun sayli” hikoya- sining 1-qismini “Tanlab so‘zla” mashqi yordamida so‘z- laydilar. Bunda o‘quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat

bilan hikoyaning o‘zlari xohlagan qismini so‘zlab beradilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baholarini qisqacha izohi bilan aytadilar.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Bolaning tog‘asi har safar qayerga taklif qilardi?

  • Qovun poliziga kimlar borishdi?

  • Chaylada nimalar dumalab yotardi?

  • Ertalab choy ichgach, tog‘asi bolalarga qanday topshiriq berdi?
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun biz “Qovun sayli” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz. O‘qituvchi “Qovun sayli” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi.

  • Bolajonlar, men hozir hikoyani o‘qiyman, siz esa diqqat bilan eshiting va tushunarsiz so‘zlarni qalam bilan belgilab qo‘ying.

Hikoyani o‘qib bo‘lgach, o‘qituvchi tushunarsiz so‘zlarga izoh beradi.

Lug‘at ishi:



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling