FK 1: she’r matnlarini tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda insonlarga nisbatan mehr-oqibat, turli kasb egalariga hurmat, dehqon mehnatini qadrlash, mehnatsevarlik his- larini tarbiyalash.
TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda ifodali o‘qish malakalarini, qofiya- dosh so‘zlarni aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
TK 3: she’riy kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob,“Zanjir”, “Polizda”, “Qofiyadoshini
top” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Qovun sayli” hikoyasining 2-qismi o‘qitiladi, mazmuni o‘quv- chilarga hikoya qildiriladi. Hikoya yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Hikoya nima uchun “Qovun sayli” deb nomlangan?
Qovun sayli qachon bo‘ladi?
Kimlar atayin katta-katta qovunlarni qiynalib polizdan ko‘tarib chiqishdi?
Qovunlarni qanday turlarini bilasiz?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi. O‘quvchilar zanjir usulida o‘zlari bilgan qovun turlarini aytadilar. “Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga
bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga paxtazor, mevalar tasvir- langan rasmli konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mo- zaika” usuli yordamida yig‘adilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |