Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 1-qismi bilan tani- shamiz.
O‘quvchilarga ertak lavha orqali taqdim etiladi, matn o‘qiladi. Ertak mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket ertakni o‘qiydilar. Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at
ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
ag‘anamoq – yumalamoq g‘am bosibdi – qayg‘uribdi
tunamoqchi – biror joyda tunni o‘tkazmoq
ta’ziringni beraman – adabini bermoq
Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash:
O‘quvchilar “Ko‘zacha bilan tulki” ertagini “Rolli o‘qish” usulida o‘qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.
Tulki nima uchun bir necha kun indan chiqmay qo‘rqib yotdi?
– Tulki qanday hiyla ishlatib bo‘rini qopqonga tishirdi?
Ertak sarlavhasini yana qanday nomlash mumkin?
“Rezyume” texnologiyasi. O‘quvchilar ertak qahromonlarini ijobiy va salbiy tomonlarini topib, muhokama etadilar.
Tulkiga xos xususiyatlar: ayyor, ziyrak, yolg‘onchi, berahm…
Bo‘riga xos xususiyatlar: ochko‘z, laqma, qasoskor, landovur…
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Ertak nima haqida ekan?
Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 1-qis- mini o‘qib, qayta hikoyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |