Mavzu: “Ko‘zacha bilan tulki” (Ertak). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga xalq og‘zaki ijodi, xalq ertaklari haqida ma’lumot berish, ertak mazmuni bilan tanishtirish.
FK 1: asar mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda do‘stlikni qadrlash, saxiylik, nochorlarga g‘amxo‘rlik qilish hislarini tarbiyalash.
TK 4: ertakda xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgan qahramon- larning do‘stlikka, to‘g‘riso‘zlikka xolis mulohaza yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni xalqimiz ijodiy merosini o‘rganish, ular haqida mushohada yuritish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini mus- taqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan ertakning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, yarim izlanishli muammoli ta’lim metodi, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 1-qismi mazmunini o‘quvchilar so‘zlab beradilar. “Topib o‘qi”, tarqatma materiallar bilan ishlanadi. O‘quvchilar berilgan so‘zlar ishtirok etgan gapni matndan topib o‘qiydilar.
Yangi mavzu bayoni.
O‘quvchilarni yangi ertak o‘qishga tayyorlash.
Bolajonlar, siz bo‘sh vaqtingizda qanday kitoblarni o‘qiysiz?
Qanday ertaklarni o‘qigansiz?
Nima uchun ertaklarni ko‘proq o‘qiysiz?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, ertaklarning mazmun jihatidan xil- ma-xilligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi.
“Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 2-qismi mazmuni asosida animatsiya namoyish qilinadi. Kadr ortidan ertakning 2-qismi o‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |