4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 0.84 Mb.
bet77/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Ertakdagi qaysi qahramon sizga yoqdi?

    2. Siz o‘zgalarga qanday yaxshilik qilgansiz?

    3. Ertak mazmuniga mos maqollar bilasizmi?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Ochko‘z boy” ertagini o‘qish.


Mavzu: “Hiylagarning jazosi” (Ertak).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Hiylagarning jazosi” ertagi bilan tanishti- rish, ularga yaxshilik qilish, dushmandan himoyalanish, oliyjanoblik, sofdillik kabi fazilatlar haqida ma’lumot berish.
FK 1: matnni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mard, jasur, rostgo‘y, to‘g‘ri, halol, haq- sevar, elparvar, vatan uchun qayg‘uradigan insonlar qilib tarbiyalash.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Savollar hujumi”, “Kim zukko?” o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Ochko‘z boy” ertagini o‘quvchilar o‘qib, so‘zlab beradilar. “Savollar hujumi” o‘yini.

    1. Chol nima bilan ro‘zg‘or tebratar ekan?

    2. Chol qayerga o‘tin tergani boribdi?

    3. U nimaning ucholmay yotganini ko‘ribdi?

    4. Chol o‘rdakni nima qilibdi?

    5. Kampir choldan nima deb ranjibdi?

    6. Kunlarning birida nima uchib kelibdi?

  2. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling