Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan “Hiylagarning jazosi” ertagi bilan tani- shamiz.
Ertak mazmuniga mos lavha namoyish etilib, kadr ortidan matn o‘qiladi. Matn mazmuni tushuntiriladi.
Ayting-chi, nima uchun biz ertaklarni yaxshi ko‘ramiz?
Siz qanday ertaklarni bilasiz?
Ertaklar doim qanday yakun topadi?
Yaxshilik, to‘g‘rilik haqida nima deya olasiz?
O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar ku- zatib boradilar. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
xarjlash – sarf qilish ont ichmoq – qasam ichmoq, va’da bermoq dalil – isbotlash uchun qo‘llaniladi marhamat – rahm, shafqat razm solmoq – biror narsaga tikilib, e’tibor bilan qaramoq
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga “Hiylagarning jazosi” matni qismlarga bo‘lib o‘qitiladi. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar.
1-guruh – hiylagar va soddadilning uchrashuvi haqida; 2-guruh – soddadilning “gunohi” haqida;
guruh – qozining hiylagar makrini bilishi va fosh qilishi haqida topib o‘qiydilar. Shu o‘qiganlari asosida uchtadan savol tuzadilar va boshqa guruhlarga beradilar. Guruhlar berilgan savolga javob bera ol- masa, savol bergan guruh rag‘batlantiriladi.
“Kim zukko” o‘yini. O‘qituvchi har bir guruhga savollar be- radi. O‘quvchilar topshiriqni guruhda muhokama qilib, javob beradi.
O‘ylang, nima uchun ertak “Hiylagarning jazosi” deb nomlanadi?
Nima uchun? Asarda kimlar va nimalar haqida hikoya qilingan?
Nimaga ikki o‘rtoq tillalarni taqsimlab olishmadi?
Ertasi kuni hiylagar nima qildi?
Hiylagar nima uchun soddadilni qoziga olib bordi?
Nima uchun hiylagar daraxtni guvoh qilib ko‘rsatdi? Nima qilmoqchi edi?
Qozi qanday qilib hiylagarning qilmishini bilib qoldi?
“Xiyonatga marhamat yo‘q” deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |