4 sinfda undalmali gaplarni o'rganish uslubiyoti


Download 41.08 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi41.08 Kb.
#1100071
Bog'liq
4 - sinfda undalmali gaplarni o\'rganish uslubiyoti

4 - sinfda undalmali gaplarni o'rganish uslubiyoti


REJA:
1 Undalma

2 Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish

3 Undalma va ularda tinish belgilar.

4 Undalmali va kirish so’lari
5 Undalma uyushishi
6O’quvchilarda gap bo‟laklari haqidagi tasavvurni o‟stirish

Foydalanilgan adabiyotlar












Undalma — soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki shaxs deb tasavvur qilingan predmet hodisani bildiradigan so'z yoki soʻz birikmasi. U., kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. U. Gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring , uka, menga yoqmayapti; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida U. maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. U., kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud.
Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy o‘rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda ―Gap , ―Darak gap , ―So‘roq gap , ―Buyruq gap , ―His-hayajon gap , ―Sodda gap , ―Gap bo‘laklari , ―Gapning uyushiq bo‘laklari , ―Undalmali gaplar mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. [1, 147] Metodist olima T. G. Ramzaeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘ladi:
Ma’lumki, undalmalar so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildiradi. Ular so‘zlovchining ting lovchiga bo‘lgan 76 xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi. Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki... Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov) Bo‘tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad) Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli undovlar ham birga qo‘llanishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan: Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydir ko‘ngil. (E. Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginamey. Nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey. (O. Yoqubov) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st. (E. Vohidov) Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan: Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan – onajon. (A. Oripov) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim. (E. Vohidov) Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada? (O‘. Umarbekov) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad) 1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish).
2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash).
3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.
5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish. [2, 291-292] Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf darsliklarida sintaksis bo‘limiga oid mavzular, xususan ―Gap mavzusi ham birinchi sinfdayoq o‘rganiladi. Xususan, 1-sinfda sintaksis bo`limiga oid birgina ―Gap mavzusi beriladi va ushbu mavzuni o‘rganish uchun rejaga ko‘ra 8 sinf soati ajratiladi. Mazkur darslikda quyidagi qoidalar beriladi: Gap so’zlardan tuziladi. Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan boshlanadi.Xabar mazmunidagi gapning oxi- riga nuqta (.) qo’yiladi, so’roq mazmunidagi gapning oxiriga so’- roq bel gisi (?) qo’yiladi, hishayajon mazmunidagi gapning oxiriga undov belgisi (!) qo’yiladi. [3, 82-92] Yuqoridagilardan anglashiladiki, o‘quvchilar birinchi sinfdayoq, gap haqida ilk tasavvurga ega bo‘ladilar, har bir gap bir necha so‘zlardan iborat bo‘lishi va har doim bosh harf bilan yozilishi hamda uning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. 2-sinf Ona tili darsligida esa ―Sintaksis bo`limiga oid 3 ta mavzu beriladi. Ular:  Gap va so`z;  Gap;  Gapning asosi. Gapda so`zlarning bog`lanishi. Yuqoridagi mavzularni o‘rganish uchun esa 10 soat ajratiladi. Darslikda, shuningdek, quyidagi qoidalar keltirib o‘tiladi: Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan boshlanadi. Gapning oxiriga nuqta (.), so’roq belgisi (?) yoki undov belgisi (!) qo’yiladi. Masalan: Biz anhorda cho’mildik. Sen suzishni bilasanmi? Cho’milish qanday maza! Gap tugallangan fikrni bildiradi. Gap so’zlardan tuziladi. Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan boshlanadi. Yaxshidan bog’ qoladi. Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta qo’yiladi. Gap so’rash mazmunini bildirsa, oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. Gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Gap kim (kimlar) yoki nima (nimalar)haqida aytiladi va ular haqida fikr bildiradi. (Kim?) Shifokor bemorlarni (nima qiladi?) davolaydi. (Nima?) Oltin o’tda (nima qiladi?) bilinadi. Gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so’z bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan so’z gapning asosiy mazmunini bildiradi. Bu — gapning asosi bo’ladi. So’zlar mazmun jihatidan o’zaro bog’lanib, gap hosil qiladi. [4, Yuqoridagilardan anglashiladiki, ikkinchi sinda o‘quvchilar quyi sinfda olgan bilimlarini yana-da mustahkamlaydi. Xususan, 1-sinfda gap haqidagi ilk tushunchalar shakjllantiriladi, bundan tashqari gaplar oxiriga qo`yiladigan tinish belgilari haqida ilk tushunchalar beriladi. Mashqlarda berilgan gaplar orqali o‘quvchilarda gapning ega va kesimini topishga ko‘nikma hosil qilinadi. Mashqlarda asosan tinish belgilarini qo`yilishi yoki qo`yilgan tinish belgilar nima uchun shunday qo`yilgani haqida tushunchalar beriladi. 2-sinfda esa gap eng asosiy tushuncha sifatida beriladi. O‘quvchilar 1-sinfda olgan bilimlarni mustahkamlaydilar. Bu jarayonda ng asosiy e`tibor gapning asosini topish va gap kim yoki nima haqida aytilganiga e‘tibor qaratish hamda ularni tegishlicha belgilashga qaratilgandir. Shuningdek, o`quvchilar 1-sinfda ―Gap mavzusi orqali gaplarni ohang yordamida chegaralash va gap oxiriga qo`yilishi kerak bo`lgan tinish belgilarini o`rgansalar, 2-sinfda shu manbalarga qo`shimcha ravishda gapning asosi, gapda so`zlarning bog`lanishi va gapda kimlar? yoki nimalar? so`rog`iga javob beruvchi so`zlarni va harakatni bildirgan so`zlarni savollar yordamida aniqlashni o`rganadilar. Bu orqali oi‘quvchilarda gapning bosh bo‘laklarini kuzatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me‘yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so'z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. Dasturga ko'ra, 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma‘lum tinish belgilari qo'yilishi haqida amaliy ma‘lumotlar beriladi. 2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga Proceedings of Ingenious Global Thoughts An International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from San Jose, California https://conferencepublication.com November 29th, 2020 289 o'rganadilar. Aslida gap ning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo'laklarni o'rganishga muqaddima bo'ladi. Adabiyotlar: 1. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T. 2009. 2. Рамзаева Т.Г.,Львов М.Р. Методика обучения русскому языку в начальных классах. – М.: 1979. 3. G‘afforova T. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o’rta ta‘lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. – T. 2018. 4. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o’rta ta‘lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik.. Undalma stilistik vosita sifatida. Undalma, so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxs, jonli va jonsiz predmetni ifodalashiga ko‘ra, kuchli stilistik vosita hisoblanadi. Undalmalar so‘zlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab, baho xarakteristikasi ottenkasi (ijobiy, salbiy, neytral, ko‘tarinki-tantanali kabilar)ga ega bo‘ladi.
Undalmalar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublarda, qisman rasmiy-idoraviy uslubda qo‘llanadi. Ilmiy uslubda undalmaga deyarli murojaat qilinmaydi.
Undalmalarni baho xarakteristikasi ottenkasini ifodalashiga ko‘ra, ikki katta guruhga ajratish mumkin:
1. Stilistik neytral undalmalar. Bunday undalmalarda so‘zlovchining baho tavsifi neytral va ko‘proq so‘zlashuv, rasmiy-idoraviy uslublarga xos:— Seni, Diyorova, Karim ham, direktor ham laqillatishibdi. (H. G‘
Monologik nutqda qo‘llanadigan Deputat o‘rtoqlar, Delegat o‘rtoqlar kabi undalmalar logik jihatdan butun matnga qaratilgan bo‘ladi.
2. Baho tavsifini ifodalovchi undalmalar emotsional-
ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lib, faqat nutq adresatini ifodalamay, uni xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi:

  1. Undalma o‘z leksik ma`nosiga ko‘ra baho ifodalaydi. Bu ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin: CHuchvarani xom sanabsan, iflos! (S. Ahm.)

  2. Baho xarakteri, undalmaning obrazliligi u bilan birga kelgan so‘zlarga bog‘liq. Obrazli aniqlovchilar, izohlovchilar bilan kelgan undalmalar nutqni obrazli qiladi: Kurashayotgan muazzam SHarqdagi aziz birodarlarimiz! Qudratli sovet xalqlari sizlarga ajoyib bahor bayrami salomini va sevgisini yo‘llay-di, sizlarga yana ham ulug‘vor yutuqlar tilaydi. (V. 3.)

  3. Baho ifodalashda ohangning ham roli kattadir: Hoy yaxshilar, sizlardan iltimos: mashina ichiga semichka po‘chog‘i tashlanmasin.

Ba`zan undov so‘zlarning o‘zi undalma vazifasida keladi. Bu vaqtda so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxs konmatn yoki vaziyat-dan bilinib turadi: Nima qilayotibsan, ey,- dedi Do‘smat xotiniga,— aqlingni edingmi? (P. T.)
4) Undalmaning baho tavsifi ifoda qilishida egalik hamda -jon, -xon, -cha, -choq affikslaridan foydalaniladi: SHigitcha, tushmaysizmi?— dedi kimdir orqadan(O‘.U.)
So‘zlashuv uslubida undalmaning III shaxs egalik affiksi bilan kelishi kuzatiladi: Voy, otasi, keldingizmi? Nima gap? (P.T.)

  1. So‘zlashuv uslubida buyruq maylining I shaxs birlik shaklining undalma vazifasida kelish hollari uchraydi: O‘ingiz o‘ylang, aylanay, oltita bolani boqish osonmi? (U. U.)

  2. Undalmalarning takrorlanib kelishi ham baho ottenkasini kuchaytiradi. Bu so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublar uchun xarakterlidir: Hoy, yuksak tog‘, yuksak tog‘, Deya yolvordi o‘tloq (H. G‘.)

Ba`zan gap boshida kelgan undalma gap oxirida takrorlana-di:—Men YOlqin akamning:—Tursun, qayoqqa yo‘q bo‘lding, Tur-sun? degan hayqirig‘idan cho‘chib uyg‘ondim. (P. Q.)
7) Undalmalar gradatsiya (kuchaytirish) uchun xizmat qiladi: Ha, ablah, yolg‘onchi, muttaham!.. Ket bu rdan, ko‘zimga ko‘rinma!.. (P. T.)
Undalma umumlashtiruvchi birlik va uyushiq undalmalar shaklida ham uchraydi: Aziz tojik do‘stlarimiz: tojik paxtakori va agronomi, tojik ishchisi va olimi, ajoyib sehrgar tojik doktori va san`atkori! Sizlarning mehnatingiz va paxtangiz o‘zlaringizga o‘xshagan benihoya ko‘rkam va go‘zal! (V.Z.).
So‘zlashuv uslubida undalma tarkibi ba`zan murakkab holda bo‘ladi: ey mening yorug‘ shamim! YOrug‘ shamimgina emas. Yo‘q. ey ko‘zimning ravshan nuri! So‘zlaringning latofati yuz ming jondan ortiq. (N.)
Rasmiy-idoraviy uslubda undalmalar so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni ifodalaydi. Badiiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida esa undalmalar jonli va jonsiz predmetlarga qaratilishi ham mumkin: ey-voy, osmon yiroq-u er qattiq. CHarxing buzilsin, falak! (P. T.)
Undalma badiiy adabiyotda personajlar nutqini xarakterlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, tarixiy temada yozilgan asarlarda eskirgan so‘z bo‘lgan undalmalarga murojaat qilinadi: CHaqirtirgan ekansiz, a`lo hazrat? (V. S.)

  1. Undalmalarning gapdagi o‘rni (gap boshida, o‘rtasida, oxirida) ham bahoni kuchaytirishda muhimdir:To‘g‘ri aytasiz, egachi!— deb uning so‘zlarini tasdiqladi. (H. G‘.)

Undalmalar ko‘pincha gap boshida keladi.
4-sinfda gapning uyushiq bo‟laklarini o‟rganish bilan gap bo‟laklari haqidagi bilim kengaytiriladi. Shunday qilib, o‟quvchilarda gap bo‟laklari haqidagi tasavvurni o‟stirish gapni o‟zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang‟ich sinf o‟quvchilari gap bo‟laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarga) bo‟linishini o‟zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo‟laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‟zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‟laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‟laklar esa bosh bo‟laklarni aniqlovchilik va to‟ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchi darajali bo‟laklarning mohiyatini ochish uchun o‟quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo‟lagiga bog‟lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo‟laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig‟iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko‟rinadi. Masalan, o‟quvchilar 31 “Qushlar uchib keldi” gapini yozadilar. Fikrni to‟liq ifodalash uchun gapga qaerga? va qachon? so‟roqlariga javob bo‟lgan so‟zlarni qo‟yish topshiriladi. O‟quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo‟lagi (ikkinchi darajali bo‟lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
1. Undalma va ularda tinish belgilar.
Undalmalar. So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsini bildirgan so'z yoki so'z birikmasi undalma deyiladi.Undalma aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma'nosidagi so'zlar orqali ifodalanib, gapning umumiy mazmunini to'ldiradi, gapning kimga qarashli ekanini ko'rsatib beradi. Bu jixatdan undalma egaga o'xshaydi, ammo u gapning kesmi bilan grammatik jixatdan bog'lanmasligi, o'ziga xos intonasiyasiga ekanligi bilan farq qiladi.
Masalan: Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o'zingninng xalol mexnating bilan olding (S.K.).
Undalma asosan dialog gaplarda qo'llanadi va aksariyat ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi. Shunigdek, monologda, avtor nutqida, murojaat, shior,buyruq, chaqiriq, e'lonlarda ishlatiladi.
Masalan: Nazir aka, bu yil yangi terim mashinalari yoshlarga xam tegadimi? (Z.U.)
Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning ayrim bo'laklari yoki butun gap mazmuniga aloqador bo'lib, gapning zarur qismlaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun xam u ayrim gap bo'laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o'ziga xos grammatik aloqaga kirishadi. Ma'lum bir gapdan undalmaning chiqarilishi yoki xatto o'rnini o'zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta'sir etadi, muallifning aytmoqchi bo'lgan fikri anglashilmay qoladi. Undalmaning ajiratilgan izoxlovchiga yaqin bo'lgan turida grammatik aloqaga kirishish xususyati aniq ko'rinadi,chunki undalma ma'lum bir bo'lakning ma'nosini izoxlaydi . Masalan: Bosh turmishim turi, ko'nglimning shuuri. Bularning hammasi sen, Vatanim, onam. (X.O.)Misolidagi Vatanim-onam undalmasi sen olmoshining ma'nosini izoxlaydi, aniqlashtiradi. Vatanim-onam undalmasi butun gap mazmuni bilan xam aloqadordir. Bu xil undalmaning asosiy vazifasi undalma bo'lsa xam, unda izoxlash xususyati xam bor. Bunday undalmalarning ajiratilgan izoxlardan farqi quydagicha :
1. Undalma chaqirish intonasiyasi bilan talafuz qilinadi. Ajiratilgan izoxlar esa ajiratilgan, sust intonasiya bilan aytiladi. Undalma ko'pincha butun bir gapga qaratilgan,izoxlar esa biror bo'lakni izoxlaydi, to'ldiradi. Undalma bosh kelishikda bo'ladi, izoxlar esa ma'lum kelishik affikslari vositasida ifodalanadi. Shunigdek, undalmalar nominativ (atov) gaplarga shaklan o'xshash bo'ladi. Biroq ulardan farqli tomonlari mavjud: 1. Nominativ gaplar ma'lum bir xis-xayajon, maqsad ifodalangan gapdir. Shuning uchun xam u gap intonasiyasi bilan talaffuz etiladi. Undalma tugal bir maqsad yoki tugal bir xis-xayajonni ifodalamaydi, intonasiyada xam tugallik bo'lmaydi. 2. Nominativ gaplar asosan boshlanish o'rnida qo'llanadi. Undalmalar esa gap boshida, o'rtasida, oxirida kelishi mumkin.
Masalan: Nominativ gap:
1. Kuz. Izg'irin shabada xushtak chalib turibdi. (I.T).
2. Erta tong.Quyosh xali o'zining zarrin nurlarini sochganicha yo'q.
Undalma.
1. Bobo, to'qayda arslon bo'ladimi?
2. Topshiriqni o'z vaqtida bajarganigiz uchun raxmat,azamatlar!
Undalmalar ko'pincha shaxs otlari, qarindoshlik, xunar-kasbni anglatuvchi so'zlarorqali ifodalanadi. Tarkibida undalma bo'lgan gaplarda, odatda ega tushiriladi.
Masalan :
1. Xamid, badiy o'qish to'gaaragiga qatnashasanmi ?
2. Onajon, bu ishda endi orqaga qaytib bo'lmaydi.
3. Usta bormisiz?Anchadan beri ko'rinmaysiz?
Ba'zan undalmalar - u(-yu),-ov,-ey kabilar bilan qo'llanadi.
Masalan :
1.Ey rais, bu kitoblarni avval o'qib ko'ring, undan keyin mag'zini tushinasiz.
2. Saodat-u, tez-tez kelaqol.
3. Zulfiya-yu, qayerdasiz?
Undalma ba'zan aniqlovchi, izoxlovchi so'zlar olib, birikma xolida bo'ladi.
Masalan:1. Sizni istab keldim,ulug' sardorim!
2. Bu yoshlar, Tojiboy aka bizning baxtimiz uchun kurashuvchilardir.
Undalmalar ba'zan uyushib kelishi mumkin.
Masalan: 1. Xurmatli onaxonlar, otaxonlar, biz sizlarning mexnatingiz bilan faxrlanamiz.
Undalma gap boshida kelganda undosh, chaqiriq intonasiyasi ega bo'lib, pauza bilan ajratiladi.
Masalan: 1. Usta A'zim, paxta ishida qulosimizni rosa keraylik.
2. O'rtoq Nishonov, ota-onalarni chaqirishni unitmang!
3. Saodat, mana bu etyuddagi peyzaj juda ajoyib ekanmi?
Undosh ma'nosini kuchaytirish uchun ba'zan undalma takrorlanib qo'llaniladi.
Masalan: Bolam, jon bolam, o'zingni extiyot qil... Xo'pmi, jon bolam ! Tushundingmi-a !
Undalmani kuchli ifodalash uchun undalma oldindan e, xoy, obbo, ox kabi undovlar xam qo'llaniladi. Masalan: Ex, bolam. Dadangning ishi ko'payib ketdi.Ba'zan undovlar undalma vazifasida qo'llash mumkin. Masalan: Dada-chi, dada, bugun bog'chada poyezdg'poyezd o'ynadik. Undalmalr nutq qaratilgan ob'yektni ifodalaydi. Ob'yekt esa uch xil bo'lishi mumkin.
1. Shaxs
2. Shaxs bo'lmagn jonli predmet
3. Jonsiz predmet.
4. Undalmalar shaxsni ifodalaganda, kishining nomi, familyasi, taxallusi, qarindoshligi, yoshi, jinsi, kasbi, unvoni va boshqa xususyatlarini ko'rsatish mumkin.
Masalan :
1.Sobir Umarovich, sizni tabriklayman.
2. Qani, dakang xo'roz,zakazingni qila ber.
3. Xech qayerga borma, Musa tog'a, xech qayerga.
4. Xammamizga xam ruxsat eting,o'rtoq leytenant .
2.Undalma jonli predmet bo'lishi mumkin. Bunday undalmalar xayvon, parranda, xashorat nomlari bo'lib, ko'pincha, masal, matal, ertak, xamda she'ryatda qo'llanishi mumkin.
Masalan :
1. Xoy tulkivoy, qayoqqa ketyapsan?
2. ayiq polvon, o'rmonga birga bormaymizmi?
Undalma jonsiz predmet bo'lishi mumkin. Bu asosan she'ryatda qo'llanadi.
Masalan :
1. Seni unitolmas yuragim aslo, Ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo!
2. Shamol, yuzlarini silab o't.
Undalmada gapning boshida kelsa, yozuvda undalmadan so'ng vergul qo'yiladi.
Masalan: Unsin, bu oila qalay, ketasanmi yo bu yerda turasanmi? Agar gap boshida kelgan undalma xayajon bilan aytilsa, undan so'ng undov belgisi qo'yiladi. Gapning davomi bosh xarf bilan boshlanadi.
Masalan: Kechir meni! Nodon,ko'zi ko'r, toshmexr dadangni kechir, qizim!
2. Undalma gap ichida kelsa, uning xar ikki tomonidan vergul qo'yiladi.
Masalan: So'zla, ko'zgujon, xaqiqatni et bayon!
3.Undalma gapning oxirida kelsa undan oldin vergul qo'yiladi.
Masalan: Shunday demaysizmi, azizim !
4. Undalmani kuchli ifodalash uchun undalmaning oldidan undovlar qo'yiladi, undov bilan undalmaning orasiga vergul qo'yiladi.
Masalan: Xoy, Jamila, nega bular radioni gapirtira oladi-yu, sen bilmaysan?
Undalma. Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo’lgan so’zshakl ma‘nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo’lib, u mantiqan so’z kengaytiruvchisi maqomida bo’ladi. Biroq u kengayayotgan so’z bilan bog’langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog’langan so’zshakl nutq yo’naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba‘zan otlashgan so’zshakllar keladi.
Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’lmagan, gap tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so’z kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan bo’lak ajralmish bo’lak bilan mazmunangina munosabatga kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo’naltirilgan shaxs, predmet bilan mazmuniy bog’lanishga ega bo’ladi.
Undalma kengaytirgan olmosh so’zshakl gapning barcha bo’laklari, bo’lakning kengaytiruvchilari, qolaversa, bo’lak bo’laklarining kengaytiruvchilari bo’lishi mumkin.
Kesim: Do’stim, ishonganim sizsiz.
Ega: Oybek, (sen) maktabga kechikyapsan.
Hol: Salim, sen tufayli murodimga yetdim.
Aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbating dilingda pinhon.
To’ldiruvchi: Qarchig’ay changalim, senga yo’l bo’lsin.
Undalma qo’llanganda u kengaytirgan so’z tushib qolishi ham mumkin. 1.Ey Sharqning bo’stoni, dilimga payvand! 2.Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil.
So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs/predmetni ifodalovchi so’zshakl gap tarkibida yo’q va uni tiklab ham bo’lmasligi mumkin: 1.Hay qizlar, mana bo’ldi pora-pora paranji. 2. Yigitcha, mashina jo’nayapti. Ammo baribir, undalma ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshi mazmunining muayyanlashtiruvchisi ekanligi ma‘lum bo’lib turadi.
Undalma vazifasida qo’llanadigan so’zlar:
1.Ot: Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz?
2.Otlashgan so’zlar: 1.Ko’rganlar, gapiring. 2. Tentagim, nima deysan? 3. Birinchi, men ikkinchi!
Undalma kengayishi ham mumkin: 1. Yaxshi yigit, sevganingdan ayrilma. 2. Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani?
Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga qaratiladi. Daraxtlar, bo’stonlar, sizdan so’rayman.
Undalma gapning barcha o’rinlarida kela oladi. Gap boshida kelganda uni ochadi, oxirida esa yopadi: 1. Aziz do’stim, omonmisan?- 2.Omonmisan, aziz do’stim.
Undalma mustaqil gap sifatida ham bo’lishi mumkin:
1. Opa! Sen ham odam edingmi?
2.Bola qichqirdi: «Dada!»
Undalmali va kirish so’lari
Nutqda gap bo'laklari bilangrammatik bog'lanmaydigan so'zlar qatnashadigan gaplar ham qo'llanadi. Bunday so'zlar ma'no jihatdan butun gapga yoki uning biror bo'lagiga aloqador bo'ladi. Bular undalma, kirish so'z, kirish birikma va kirish gaplardir. Bunday birliklarga sintaktik aloqa amal qilmaydi, ular boshqa gap bo'laklari bilan sintaktik jihatdan bog'lanmaydi.
So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so'z yoki so'z birikmasi undalma deyiladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi. She'riy asarlarda shoir ba'zan o'ziga, ya'ni so'zlovchiga ham qarata murojaat qilishi mumkin: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon.
Undalma boshqa gap bo'laklari bilan faqat mazmunan bog'langan bo'ladi.
Ayrim hollarda, ayniqsa, she'riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning nomini bildirgan so'zlar ham undalma bo'ladi: Quyosh, nuring to'ka ber mo'l-ko'l! Bahor, ketma bizning bog'lardan! Bir so'z bilan ifodalangan undalma yig'iq undalma deyiladi: Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek ? So’z birikmasi bilan ifodalangan yoyiq undalma deyiladi.
Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:
1) ot: Hamid, badiiy o'qish to'garagiga qatnashasanmi?
2) olmosh: Hoy sen, menga qara-chi.
3) otlashgan so'zlar: Shunday demaysizmi, azizim! (sifat) To'rtinchi, birinchiga javob bering (son).
4) undov so'zlar: Hoy! Beri keling!
5) so'z birikmalari bilan: Hoy, soqoling ko'ksingga to'kilgur!
6) iboralar bilan: Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo'yding!
Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so'ng, gap o'rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo'yiladi: So'zla, ko'zgujon, Haqiqatni et bayon!
O’quvchilar har bir tushunchaga bitta misol yozishlari kerak.Har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib yozgan ma’lumotini o’qib beradi.

O’tgan mavzular shu tarzda eslangach,yangi mavzuga o’tiladi.yangi mavzu slaydlar yordamida og’zaki tushuntiriladi.O’quvchilar diqqatini bir joyga jamlash uchun ularga quyidagi savol beriladi:


Dunyoda eng yaqin ko’rgan do’stingiz kim? Hamma eslaydi va o’sha do’stingizni biror joyga taklif qiling.Masalan:
Madina,yur kutubxonaga boramiz.
Aynan mana shu gapda siz kimgadir murojaat qildingiz,ana shu nutqingiz qaratilgan shaxs yoki narsa undalma deyiladi.Shu tarzda yangi mavzu slaydlar yordamida tushuntiriladi.
Bilib oling. Undalma so'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni, narsani (obyektni) bildiradi. Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo'llaniladi, ammo ega grammatik jihatdan gapda kesim bilan bog'lanadi, undalmalar esa grammatik jihatdan hech bir bo'lakka bog'lanmaydi. Undalmali gaplarning kesimi ko'pincha birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida bo'ladi. Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi. Undalmaning gapdagi o'rni erkindir: gap boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin. Undalmalar ba'zan jonivorlar yoki jonsiz narsalarga ham qaratiladi: Qarg'avoy, men seni yeyman. (Ertakdan) Seni unutolmas yuragim aslo, Ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo. (GG'.)
Kirish so'z, kirish birikma va kirish gaplar
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so'z kirish so'z, shunday so'z birikmasi esa kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so'zlar va kirish birikmalar asosan modal so'zlar bilan ifodalanib, quyidagi ma'nolarni bildiradi:
1. Ishonch va tasdiqni: Albatta, shubhasiz, ma'lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so'zsiz.
2. Gumonni: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin.
3. Shodlik yoki achinishni: Baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsus.
4. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini: Menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.
5. Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan...

6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog'liqligini: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba'zan, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.
7. Tasdiq yoki inkorni: ha, yo'q, mayli, to'g'ri.
Kirish so'z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o'rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undan oldin vergul qo'yiladi: Nihoyat, ular jo'nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning oxiri ko'rinmaydi, shekilli.
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikrga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kirish (kiritma) gap deyiladi. Kirish gap asosiy fikrni to'ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kirish gap, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
Kirish gap yoyiq bo'lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: Ko'p o'tmay u yerda bir qishloq paydo bo'ldi va suv chiqargan odamning shahardagi otaxoni nomiga atalib “Parpi cheki” bo'ldi (noyib to'raning nomi Fyodor, sartlar “Parpi ota” deydilar.)
Kirish gaplarning tuzilish jihatdan turlari gaplarning tuzilish jihatdan turlari:
1) bir bosh bo'lakli kirish gap: U yog'ini so'rasang, aytaymi, men bunga rozi emasman.
2) ikki bosh bo'lakli kirish gap: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o'z ilmidan bahramand qildi.

Tayanch so`zlar: gap, bir bosh bo’lak, ikki bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, to’liq gap, to’liqsiz gap, atov gap, kirish gap, kirish so’z, kiritma.
1. Odamlar kasal bo'laveribdi, ulardan qanchasi olaveribdi-yu, sen bu dorilarni bosib yotaveribsan-da, noinsof ! (I. Sulton) 2. Kitob, sen bo'lmasang, balki kun yorishmasdi. (I.G'ani) 3. O'-o', boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradigan bo'lsang-u, iymon ketadigan bo'lsa, men senga o't qo'yaman, o't! (I.Sulton) 4. Yurak, sensan mening sozim. (U.Nosir) 5. Inim, kitoblarni sandiqlarga joylashtiravering. (Mirmuhsin)
264- mashq. 1- topshiriq. O'qing. Undalmalarni aniqlang. Tinish belgilarining qo'llanilish sabablarini tushuntiring.
1.Muhtaram Umidaxon, sizni tug'ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman. 2. Jahonga yuz tutgan O'zbekistonim, sening har bir yutug'ing mening yutug'imdir. 3. Vatanimiz muvaffaqiyatlarini ko'rolmaydigan quzg'unlar, ayting, O'zbekistonning taraqqiyotiga kim g'ov bo'la oladi?!(Gazetadan) 4.Mehribon ustozim,omad sizga hamisha yor bo’lsin.
XULOSA Gap ustida ishlash o‟quvchilarining nutqini o‟stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‟quvchilarini sintaktik jihatdan to‟g‟ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‟rgatish hisoblanadi. Gap (Grammatik jihatdan o‟zaro bog‟langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo‟lgan) nutq birligi bo‟lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo‟yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap- Grammatik tomondan to‟g‟ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bo‟gliq bo‟lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‟zlarning bog‟lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap,nutq va til birligi bo‟lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‟liqligi ustida ishlash ham zarur; to‟rtinchidan gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‟liqligini tushuntirish kerak. Boshlang‟ich sinf dasturining “Grammatika, imlo va nutq o‟stirish” bo‟limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‟rsatilgan. Bola boshlang‟ich suinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaidagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg‟ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o‟rgatib boriladi. Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma – xil bo‟lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‟quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‟ra tasnif qilinadi. Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‟linadi: 1) analitik mashqlar, ya‟ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish; 2) sintetik mashqlar, ya‟ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar; 50 Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‟ng analitik mashq o‟tkaziladi. O‟quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‟ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‟linadi: 1) namuna asosidagi mashqlar; 2) konstruktiv mashqlar; 3) ijodiy mashqlar.
Foydalanilgan Adabiyotlar:

  1. Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000.

  2. Mengliev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003.

  3. G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: 1989.

  4. O’zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.

  5. www.ziyonet.

Download 41.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling