O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ
TA’LIMI BOSHQARMASI
TO’RAQO’RG’ON TUMAN
XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
24-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Matematika fani o’qituvchisi
Mo`minjonova Maftunaning
matematika fanidan 1 soatlik
DARS ISHLANMASI
Ushbu dars ishlanma matematika fani o`qituvchilari uchun mo`ljalangan.
Tuzuvchi:
M.Mo`minjonova 24-umumiy o’rta ta'lim
maktabining tarix fani o'qituvchisi.
Taqrizchilar:
Sh. Mamajonova 24-umumiy o'rta ta'lim
maktabining matematika, fanlari o`qituvchisi
Ushbu dars ishlanma TTXTBga qarashli 24-sonli maktab metodika kengashining 20 yil_______dagi ___-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.
Sana:
Sinf: 6-sinf
Darsning mavzusi: Har xil maxrajli kasrlarni taqqoslash .
Darsning maqsadi:
ta’limiy:
O’quvchilarni har xil maxrajli kasrlar bilan tanishtirish,ularni qanday taqqoslash kerakligi haqida ma’lumot berib ularda ko’nikma hosil qilish: FK1
tarbiyaviy:
O’quvchilarni o’z maqsadlariga erishish ruhida tarbiyalash,bir-biriga o’zaro hurmat,jamoa bo’lib ishlash,o’zaro yordam va beriladigan vazifalarni bajarishda ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib topdirish;TK3
rivojlantiruvchi maqsad:
O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish,o’rganilgan bilimlarni amalda qo’llash qobilyatlarini shakllantirishga sharoit yaratish;FK2
Do'stlaringiz bilan baham: |