4 tajriba ishi mavzu: Termik ishlashning po’lat strukturasi va xossalariga ta’sirini o’rganish Ishni bajarishdan maqsad


Download 192.89 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi192.89 Kb.
#1528179
  1   2
Bog'liq
4-amaliy materialshunoslik




4 - TAJRIBA ISHI
Mavzu:Termik ishlashning po’lat strukturasi va xossalariga ta’sirini o’rganish


Ishni bajarishdan maqsad. Po’latlarga termik ishlov berish - toblash jarayonini va bunda struktura hamda xossalarining o’zgarishini o’rganish.
Umumiy tushuncha. Po’latni ma’lum temperaturagacha qizdirib, Shu temperaturada ma’lum vaqt ushlab turgach, ma’lum tezlikda sovo`tish natijasida uning strukturasini va xossalarini o’zgartirish jarayoni termik ishlash deb ataladi.
Po’latlar qizdirilganda yoki sovutilganda ma’lum temperaturalarda (nuqtalarda) ichki o’zgarishlar sodir bo’ladi, bu nuqtalar kritik nuqtalar deb ataladi, hamda A1 va A3 bilan belgilanadi. Temir-sementit diagrammasida GS chizig’i A3 nuqtalarining, PSK chizig’i esa A1 nuqtalarining geometrik o’rinlarini tasvirlaydi.
Umuman, temir-sementit diagrammasida PSK chizig’idagi har qanday nuqta pastki kritik nuqta bo’lib, A1 bilan, GSE chizig’idagi har qanday nuqta esa yuqorigi kritik nuqta bo’lib A3 bilan belgilanadi. Bunda A1 kritik nuqta qotishma sovitilganda austenitdan perlit hosil bo’lishini, qizdirilganda esa perlitdan austenit hosil bo’lishini ifodalaydi. A3 kritik nuqta qotishma sovitilganda evtektoidgacha bo’lgan po’latlarda ferrit, evtektoiddan keyingi po’latlada esa sementit ajralib chiqa boshlashiga, qotishma qizdirilganda evtektoidgacha bo’lgan po’latlarda ferritning, evtektoiddan keyingi po’latlarda esa ikkilamchi sementit ning batamom erib bo’lishiga to’g’ri keladi.
Termik ishlash operatsiyalarining davom etadigan vaqt va temperaturalar oralig’i ko’rsatilgan tartibi termik ishlash rejimi deb ataladi. Qotishmalarni termik ishlashning bir necha turlari bo’lib, ular yumshatish, normalash, toblash va bo’shatishdan iborat. Po’latni ma’lum (Ac3 yoki Ac1 kritik nuqtalaridan yuqori) temperaturagacha qizdirib, Shu temperaturada kerakli o’zgarish bo’lguncha ushlab turilgandan keyin uni tez sovitish jarayoni toblash deb ataladi.
Po’latni to’g’ri toblash uchun qizdirish temperaturasini, Shu temperaturada ushlab turish vaqti va sovitish tezligi hamda muhitini tanlay bilish katta ahamiyatga ega.



1 - rasm. Temir - Uglerod holat diagrammasining po’latga oid qismi.
Evtektoidgacha bo’lgan po’lat AS3 bilan AS1 nuqtalar orasidagi temperaturagacha qizdirish yo’li bilan toblansa, qizdirish vaqtida ferritning bir qismi austenitga aylanmay qoladi va strukturasi martensit va ferritdan iborat bo’ladi, ya’ni chala toblanadi. Po’latning qattiqligi esa nisbatan oShadi. Po’latni qattiqligini butunlay, ya’ni to’la ortirish uchun uni AS3 nuqtadan 30 - 50 0C yuqori qizdirilib, so’ngra sovutiladi. Bunda po’latning austenit strukturasi butunlay martensitga aylanadi.
Po’latni toblanishi natijasida qattiqligining ortishi toblanuvchanlik deb ataladi. Po’latning toblanuvchanlik darajasi bilan ifodalanadi va quyidagi formuladan topiladi:
Bu yerda: - toblangan po’latning qattiqligi;
- yumShatilgan po’latning qattiqligi;
Po’latning toblanuvchanligi po’lat tarkibidagi Uglerod miqdoriga bog’liq.
Po’latlarni qizdirish uchun labaratoriya Sharoitida mufel pechlaridan foydalaniladi.

Download 192.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling