4 takrorlanishlarni bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi oydan so‘ng polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozishni 80-100 marotaba bajarish imkoniyatiga EGA bo‘ladi
Download 16.65 Kb.
|
дастур изохи (2)
1-blokni to‘rtinchi mashq turi bo‘yicha shtanga bilan oldinga egilishni o‘rganish uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlarining birinchi yarimida yelkada gimnastika cho‘pi bilan oldinga engashish, o‘ng va chap tomonlarga burilish mashqi 2-3 daqiqadan, 8-10 seriya, 3-4 marotaba takrorlansa, shu qatorda joyida o‘tirib-turish 2-3 daqiqadan, 6-8 seriya,
3-4 marotaba bajarilgandan so‘ng, shtanga bilan oldinga engashish va o‘ng-chap tomonlarga burilishlarni 20-30 soniya oralig‘ida, 3-4 seriyadan iborat bo‘lgan 2-3 takrorlanishlarni bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi 5 oydan keyin, o‘z vazniga teng shtanga bilan oldinga engashish mashq turini 20-25 marotaba bajarishgacha olib chiqishi mumkin. 1-blokni beshinchi mashq turi bo‘yicha raqib qo‘llarni ushlagan holatda bir-biriga qarshilik ko‘rsatishni o‘rganish uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlarining birinchi yarimida polga qo‘llar bilan tayangan holatda yurish va yugurish (oyoqlar sherigi yordamida poldan 1 metr masofada yuqoriga ko‘tarib ushlab yuriladi) mashqi 30-50 soniya ichida, 3-4 seriyadan iborat, 3-4 marotaba takrorlansa, shu qatorda polga qo‘llar bilan tayangan holatda oldinga sakrab harakatlanish (oyoqlar sherigi yordamida poldan 1 metr masofada yuqoriga ko‘tarib ushlab yuriladi)da 30-50 soniya ichida, 3-4 seriyadan iborat, 3-4 marta takrorlanishlar bajarilgandan so‘ng, devorga qo‘llar bilan tayanib qarshilik ko‘rsatish 2-3-daqiqadan, 6-12 seriyadan iborat bo‘lgan 3-4 takrorlanishlarni bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi 5 oydan keyin raqib qo‘llarni ushlagan holatda bir-biriga qarshilik ko‘rsatish mashq turini bajarishda o‘zidan bir muncha og‘irroq va kuchliroq bo‘lgan sherik bilan ishlash faoliyati oshishiga olib keladi. Mazkur blokdagi mashq turlari kuch sifatining rivojlanishiga xizmat qiladi. 2-blokni birinchi mashq turi bo‘yicha turgan joydan uzunlikga yoki balandlikga sakrashni o‘rganish uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlarining birinchi yarmida turgan joyda kurash rezinasining bir uchini belga, ikkinchisini gimnastika narvoniga mahkamlab, uzunlikka sakrash 30-50 soniyadan, 3-4 seriyadan iborat, 3-4 marta takrorlansa, shu qatorda balandligi 20-25 oralig‘i 60-70 santimetrni tashkil etadigan bir nechta predmetlar ustidan sakrab o‘tish (yuksiz va yuk bilan) 30-50 soniyadan, 3-4 seriyadan iborat, 3-4 marotaba bajarilgandan so‘ng, o‘tirib-turish va so‘ngi turishida uzunlikga sakrashni 2-3 daqiqadan, 3-4 seriya, 3-4 marotaba bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi 5 oydan keyin, turgan joydan 40-50 santimetr uzunlikka va 35-40 santimetr balandlikga sakrash imkoniyatini oshiradi. Download 16.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling