4-Tema: Tarmoq tushunchasi


Download 24.21 Kb.
bet1/3
Sana26.07.2023
Hajmi24.21 Kb.
#1662775
  1   2   3
Bog'liq
temalar


4-Tema: Tarmoq tushunchasi.
Kompyuter tarmog’i – foydalanuvchilarni aloqa kanallari va kommutatsiya vositalarini qo’llagan holda o’zaro ma’lumot almashishlari, tarmoqdagi texnik, dasturiy, axborot resurslaridan foydalanishlari uchun yagona tizimga ulangan kompyuterlar to’plamidir.
U foydalanuvchilarga turli resurslar, kompyuter, mobil telefon, printer, skaner va hokazolar orasida ulanish va axborotni taqsimlash imkonini beradi.
Ko’plab sohalarda, elektrik injiniring, telekommunikatsiya, computer science, axborot texnologiyalarida kompyuter tarmoqlari konsepsiyasidan foydalaniladi.
Keng tarqalgan kompyuter tarmog’i bu – INTERNET.
LAN (Lokal tarmoqlar)
LAN tarmog’ining afzalliklari:
uydagi yoki ofisdagi foydalanuvchilar orasida printerlarni birgalikdagi foydalanish imkoniyatini beradi;
LAN tarmog‘i foydalanuvchiga о‘zidagi ixtiyoriy tarmoqda ishlash uchun imkoniyatni taqdim etadi;
barcha ma’lumotlarni tarmoqdagi yagona katalogda saqlash va undan foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanish imkonini yaratish.
LAN tarmog’ining kamchiliklari:
fayllarni taqsimlangan holda foydalanish imkoniyatini taqdim etgani bois, u foydalanishni nazoratlash uchun alohida xavfsizlik choralarini kо‘rishni talab etadi;
fayl serverdagi kichik nosozlik, server mashinasiga ulangan barcha foydalanuvchilar ishiga salbiy ta’sir qiladi.


5-Tema: Server haqida
Server haqida ma'lumot Tarmoqqa ulangan, doimiy ishlaydigan va tarmoqning turli xizmatlarini bajaradigan kompyuterga SERVER deyiladi.
Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirihs darvozalari hisoblanadi.
Tarmoqning uzatish yo`llari tiqilib qolmasligi uchun TCP protokoli katta hajmli ma`lumotlarni kichik qismlarga bo’lib, alohida paketlarda uzatadi. Har bir paket internetda IP protokol xizmati yordamida alohida sayohat qiladi. Paketlar manzilga yetgach, TCP protokoli bo`lingan ma`lumotni yig`adi va boshlang`ich holatiga keltiradi. Agar qandaydir paket manzilga yetib kelmasa, TCP protokol uni takroran jo`natishni talab etadi, toki ma`lumot butun yetib kelmagungacha. Shuning uchun TCP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.

Download 24.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling