4. The process of production of car seats. The process of manufacturing automotive bumpers


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana06.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1330731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. The process of production of car seats. The process of manufacturing automotive bumpers

Sexning ishlash tavsifi: 
Ishlab-chiqarish uchun hom-ashyo "polipropilen" Janubiy Koreya va 
Rossiyadan sotib olinadi. Hom - ashyo 6 dona yuklash bunkerlarga avtokaralar 
yordamida yuklanadi. Xar bir yuklash bunkeriga 2 - 5 tonna hom ashyo sig‟adi. 
Hom - ashyo yuklash bunkeridan quritish bunkerlarga siqilgan havo yordamida 
quvurlar orqali yuklatiladi. Quritish bunkerlarda hom-ashyo 70-90°C darajada kamida 2 
soat davomida quritiladi. So‟ngra qurigan hom-ashyo yana siqilgan havo yordamida 
quvurlar orqali TPA ga yuklatiladi. 
TPAga tushgan hom-ashyo 90-120 sekund davomida eritilib, qoliplarga katta 
bosim bilan quyiladi, qolip sovutiladi va ochiladi. Hom-ashyoni erish darajasi 180-
220°C tashkil qiladi. Tayyor bo‟lgan mahsulot robot yordamida qolipdan chiqariladi va 
transport lentasiga uzatiladi. 
Ishchi - operator transport lentasiga tushgan mahsulotni ko‟zdan kechiradi. 
Mahsulotdan quymalar pichoq yordamida ajratib olinadi va mahsulot o‟t yordamida 
kuydiriladi. Mahsulot ko‟zdan kechirilganda unda kam quyilgan, ishish, to‟lqinsimon 
nuqsonlar, oq dog‟lar bo‟lmasligi kerak. Xar bir smena davomida ishlab-
chiqarilayotgan mahsulot dan 3 donasi torozida tortiladi va tekshiruv shablonida 
o‟lchanadi. Agar mahsulot og‟irligi yoki o‟lchamlari belgilangan me‟yorga javob bermasa 
darxol - TPA da quyish ko‟rsatkichlari o‟zgartiriladi va sifatli mahsulot ni chiqarish 
amalga oshiriladi. Agar mahsulot yaxshi deb topilsa, unga yashil stiker (belgi) 
yopishtiriladi so‟ngra g‟ilof o‟raladi va aravaga tiklanadi. Agar mahsulot sifatsiz deb 
topilsa unga qizil stiker yopishtiriladi va qizil aravaga taxlanadi. 
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot turlari: 
1. "Neksiya 3 N-100" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
2. "Neksiya 3 N-150" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
3. "Neksiya 3 N-150" avtomobilining asboblar paneli 
4. "Damas V-100" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
5. "Damas V-150" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
6. "Damas" avtomobilining asboblar paneli 


7. "Matiz" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
8. "Matiz" avtomobilining asboblar paneli 
9. "Matiz" avtomobilining eshik qoplamalari 
10. "Lasetti" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
11. "Spark" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
12. "Cobalt" avtomobilining oldi va orqa bamperi 
Xar bir model uchun turli hil polipropilen qo‟llaniladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling