4. Tijorat banklari kapitalining yetarliligi qanday aniqlanadi?


Download 17.49 Kb.
bet2/2
Sana08.03.2023
Hajmi17.49 Kb.
#1251822
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

K2 =
I darajali kapitalning (K2 ning) yetarliligi 0,05 ga yoki 5 foizga teng
bo’lishi lozim.
Leverej koeffitsiyenti
Kapitalning yetarlilik darajasi talablari bilan bir qatorda tijorat banklari leveraj koeffitsiyentiga ham rioya etishlari kerak:
K3 =
K3 – Leverej koeffitsiyenti – bu bank jami aktivlarining kapital bilan ta‘minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkich. U birinchi darajali kapitalning nomoddiy aktivlar qiymati, jumladan, gudvillni chiqarib tashlagan holda umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
K3 ning ruxsat etilgan minimal darajasi 0,06 ga yoki 6 foiz teng. Ushbu kapital yetarliligi talablari faqat kapital yetarliligining eng kam darajasi va kredit tavakkalchiligini aks ettiradi. Bankning nomoddiy aktivlariga bankdagi dasturiy ta‘minot, foydalanish huquqi, marketing va texnik ma‘lumotlar va boshqalar kiradi. Gudvil yuqorida ta‘kidlaganimizdek, barcha aktivlarning bozor narxi va barcha majburiyatlarning bozor narxi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Kapital yetarliligini aniqlashda riskka tortilgan aktivlarning umumiy summasidan foydalanamiz. Ushbu ko’rsatkich bankaktivlarining qancha miqdori qay darajali riskka asoslanganligini anglatadi.
Tijorat banklari kapitali yetarliligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi 949-7-son nizomga muvofiq balans aktivlari risk (tavakkalchilik) darajasi bo’yicha 0, 20, 50, 100 foizli to’rt guruhga bo’linadi. Har xil toifali aktivlar nisbiy tavakkalchiligi o’z zimmasiga majburiyatlarni qabul qilgan shaxs turi va garov yoki kafolat tavsifiga bog’liq. Masalan, naqd pul 0 foizli risk (tavakkalchilik) darajasiga ega bo’lsa, tijorat kreditlari 100 foizli risk (tavakkalchilik) toifasiga kiradi. Riskka tortilgan aktivlar umumiy summasini hisoblashda har bir aktiv
balans summasini unga tegishli risk (tavakkalchilik) miqdoriga
ko’paytirishi va tavakklchilik bo’yicha aniqlangan aktivlar yig’indisi
orqali topiladi.
2017-yil 1-yanvar holatiga banklarning jami kapitali 2016-yildagiga nisbatan 20,2 foizga oshib 9,4 trln. so’mni tashkil etdi va bu umumqabul qilingan xalqaro me‘yorlar (8%)dan deyarli 3 barobar yuqoridir.
Banklar 2015 – 2019 yillarda sof foydadan ajratmalar ajratish orqali
quyida keltirilgan ko’rsatkichlardan kam bo’lmagan miqdorda kapitalni
ko’paytirishi lozim.
2015 – 2019 yillarda tijorat banklari sof foydadan ajratmalar
ajratish hisobiga yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlardan kam bo’lmagan
miqdorda kapitallarini ko’paytirishlari lozim. Bu borada tijorat banklari:
• o’z faoliyatida yuqori samara beruvchi va kam riskga moyil
bo’lgan operatsiyalar ko‗lamini kengaytirishlari;
• o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va joylashtirish bo’yicha
siyosatini qayta ko’rib chiqishi va uni takomillashtirishi;
• bank aksiyadorlarining salmog’i va sifatini oshirishi va o’zining
divident siyosatini takomillashtirishi;
• depozit siyosatini takomillashtirishi, bank resurslarining
barqarorligini ta‘minlash va jozibador depozitlar jalb qilish choralarini
ko’rishi;
• tijorat banklarining turli zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‗rsatish
borasidagi faoliyatini kengaytirish borasidagi ishlarini kengaytirishi
lozim.
Yuqorida aytilgan bank kapitalining funksiyalaridan xulosa qilib aytsak, bankning o’z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U bank mustaqilligini va turli risklar bo’yicha salbiy oqibatlarni oldini olish manbai bo’lib, uning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi.
Mamlakatimiz bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish,
uning likvidligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish
borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Natijada bank tizimida erishilgan ko’rsatkichlar nafaqat xalqaro
umumqabul qilingan me‘yorlarga, balki ayrim yo’nalishlar bo’yicha
undan ham yuqori ko’rsatkichlarga erishildi.
Talaba: BIA-81 guruh talabasi Azimov Umidjon
Download 17.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling