4-topshiriq. Mavzu: Mantiqiy elementni tadqiq qilish Ishni bajarishdan maqsad


Download 285.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi285.2 Kb.
#1019244
  1   2   3   4
Bog'liq
4-topshiriq




4-topshiriq. 
Mavzu: Mantiqiy elementni tadqiq qilish 
Ishni bajarishdan maqsad
Integratsiya darajasi kichik boʻlgan elementlarni oʻrganish va EMAS, VA – 
EMAS va YOKI – EMAS mantiqiy elementlarini tekshirish. 
Boshlang‘ich ma’lumotlar 
Mantiqiy funksiyalarni apparatlar shaklida amalga oshirishning har xil 
imkoniyatlari mavjud.
Ulardan biri talab qilinadigan mantiqiy bog‘lanishlarni hosil qilish uchun 
integral texnologiya usullaridan foydalanib maxsus integral sxemalarni (IMS) 
tayyorlash. Maxsus IMSlar qalaylab oʻzaro bog‘lanishlarni hosil qilishni talab 
qilmaydi, ya’ni ishonchlilikka ega boʻladi. Lekin ular juda katta miqdorda ishlab 
chiqarilgandagina oʻzlarini iqtisodiy jihatdan oqlaydi. Bunga misol sifatida 
elektron soatlar va mikrokolkulyatorlar uchun ishlab chiqariladigan katta integral 
sxemalar (KIS)ni koʻrsatish mumkin. 
Ikkinchi imkoniyat, har qanday mantiqiy funksiyani apparat shaklida 
amalga oshirish imkonini beradigan IMSlarning nomenklaturasi boʻyicha 
minimal universal toʻplamini hosil qilish. Bunday imkoniyatlar oʻrtasida juda 
koʻp oraliq yechimlar xam mavjud. 
Integratsiya darajasi kichik boʻlgan elementlar yordamida mantiqiy 
sxemalarni amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqaylik. Ma’lumki, har 
qanday mantiqiy funksiyani VA, YOKI, EMASdan iborat boʻlgan uchta 
funksiyaning toʻplami sifatida yozish mumkin. Shunday qilib, bunday 
funksiyalarni amalga oshiruvchi elementlar mavjud boʻlsa, ular toʻla toʻplamni 
hosil qiladi. Lekin bunday toʻplam minimal emas. Minimal toʻla toʻplam De 
Morgan teoremasini hisobga oladigan boʻlsak, faqat bitta funksiya VA – EMAS 
yoki YOKI – EMASdan iborat boʻlishi mumkin. Agar ulardan biri yordamida 
VA, YOKI, EMAS funksiyalarini olish mumkin boʻlsa, bunday sistemaning 
toʻlaligi isbotlangan boʻladi. YOKI – EMAS element
, agar x=0 yoki 
x=u boʻlsa inkor (EMAS) operatsiyasini amalga oshiradi, 
. YoKI 
funksiyasini 15.1 – rasm a)dagi sxema bajaradi: 

VA funksiyasi 1 – rasm b)da koʻrsatilgan sxema yordamida hosil qilinadi 

Xuddi shuningdek VA – EMAS elementi 
yordamida, agar u=1 yoki u=w boʻlsa, EMAS elementi
hosil qilinadi. VA elementi 15.1 – rasm, v yordamida: 
va YoKI elementi 15.1– rasm, g yordamida:



olinadi. 
15.1 – rasm. Mantiqiy sxemalar: a, g – YOKI; b, v – VA 
VA funksiyasi 15.1 – rasm b da koʻrsatilgan sxema yordamida hosil qilinadi 
Keng tarqalgan KI55 va K561 seriyadagi mikrosxemalarda mantiqiy nol 
sifatida potensialning pastki sathi qabul qilingan (K155 seriya uchun 0dan 
0,4Vgacha, K561 seriya uchun 0dan 0,01Vgacha), mantiqiy 1 sifatida esa – 
ta’minlash manbasining musbat kuchlanishiga yaqin boʻlgan kuchlanish (musbat 
mantiq). K108 va K120 seriyadagi mikrosxemalarda mantiqiy 1 sifatida –10Vdan 
katta boʻlmagan kuchlanish, mantiqiy 0 sifatida esa 0,7 Vdan kichik boʻlmagan 
kuchlanish qabul qilingan (manfiy mantiq). 
Mantiqiy elementlar integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi. Integratsiya 
darajasi kichik (KIS), oʻrtacha (OʻIS) va (KIS) sxemalarga boʻlish qabul 
qilingan. Kichik integral sxemalar loyixachilar uchun universal material boʻlib 
hisoblanadi. Lekin ular yordamida murakkab funksiyalarni amalga oshirish koʻp 
miqdordagi korpuslarni va oʻzaro bog‘lanishlarni qalaylab bajarishni talab 
qiladi. OʻIS mikrosxemalari murakkabroq funksiyalarni amalga oshirish mumkin. 
Ular funksional xarakteristikalari bajarilishi kerak boʻlgan topshiriqqa mos 
boʻlganda qoʻllaniladi. Ayrim OʻISlar koʻpfunksional elementlar boʻlib, ular 
yordamida har xil turdagi funksional qismlarni bajarish mumkin. Bunda 
OʻISlarga deshifratorlar, multipleksorlar va summatorlar kiradi. 
Yuqori darajadagi integratsiyaga ega boʻlgan (KIS) sxemalar, odatda, koʻp 
funksional boʻladi. Ularga ayrim xotira qurilmalari (XQ) va mikroprotsessor 
komplektlari kiradi. Mikroprotsessorlar mantiqiy va arifmetik bog‘lanishni 
dasturiy ravishda amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 

Download 285.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling