4-topshiriq. Mavzu: Mantiqiy elementni tadqiq qilish Ishni bajarishdan maqsad
Download 285.2 Kb. Pdf ko'rish
|
4-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich ma’lumotlar Mantiqiy funksiyalarni apparatlar shaklida amalga oshirishning har xil imkoniyatlari mavjud. Ulardan biri
- Ikkinchi imkoniyat
1 4-topshiriq. Mavzu: Mantiqiy elementni tadqiq qilish Ishni bajarishdan maqsad: Integratsiya darajasi kichik boʻlgan elementlarni oʻrganish va EMAS, VA – EMAS va YOKI – EMAS mantiqiy elementlarini tekshirish. Boshlang‘ich ma’lumotlar Mantiqiy funksiyalarni apparatlar shaklida amalga oshirishning har xil imkoniyatlari mavjud. Ulardan biri talab qilinadigan mantiqiy bog‘lanishlarni hosil qilish uchun integral texnologiya usullaridan foydalanib maxsus integral sxemalarni (IMS) tayyorlash. Maxsus IMSlar qalaylab oʻzaro bog‘lanishlarni hosil qilishni talab qilmaydi, ya’ni ishonchlilikka ega boʻladi. Lekin ular juda katta miqdorda ishlab chiqarilgandagina oʻzlarini iqtisodiy jihatdan oqlaydi. Bunga misol sifatida elektron soatlar va mikrokolkulyatorlar uchun ishlab chiqariladigan katta integral sxemalar (KIS)ni koʻrsatish mumkin. Ikkinchi imkoniyat, har qanday mantiqiy funksiyani apparat shaklida amalga oshirish imkonini beradigan IMSlarning nomenklaturasi boʻyicha minimal universal toʻplamini hosil qilish. Bunday imkoniyatlar oʻrtasida juda koʻp oraliq yechimlar xam mavjud. Integratsiya darajasi kichik boʻlgan elementlar yordamida mantiqiy sxemalarni amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqaylik. Ma’lumki, har qanday mantiqiy funksiyani VA, YOKI, EMASdan iborat boʻlgan uchta funksiyaning toʻplami sifatida yozish mumkin. Shunday qilib, bunday funksiyalarni amalga oshiruvchi elementlar mavjud boʻlsa, ular toʻla toʻplamni hosil qiladi. Lekin bunday toʻplam minimal emas. Minimal toʻla toʻplam De Morgan teoremasini hisobga oladigan boʻlsak, faqat bitta funksiya VA – EMAS yoki YOKI – EMASdan iborat boʻlishi mumkin. Agar ulardan biri yordamida VA, YOKI, EMAS funksiyalarini olish mumkin boʻlsa, bunday sistemaning toʻlaligi isbotlangan boʻladi. YOKI – EMAS element , agar x=0 yoki x=u boʻlsa inkor (EMAS) operatsiyasini amalga oshiradi, . YoKI funksiyasini 15.1 – rasm a)dagi sxema bajaradi: , VA funksiyasi 1 – rasm b)da koʻrsatilgan sxema yordamida hosil qilinadi . Xuddi shuningdek VA – EMAS elementi yordamida, agar u=1 yoki u=w boʻlsa, EMAS elementi hosil qilinadi. VA elementi 15.1 – rasm, v yordamida: va YoKI elementi 15.1– rasm, g yordamida: 2 olinadi. 15.1 – rasm. Mantiqiy sxemalar: a, g – YOKI; b, v – VA VA funksiyasi 15.1 – rasm b da koʻrsatilgan sxema yordamida hosil qilinadi Keng tarqalgan KI55 va K561 seriyadagi mikrosxemalarda mantiqiy nol sifatida potensialning pastki sathi qabul qilingan (K155 seriya uchun 0dan 0,4Vgacha, K561 seriya uchun 0dan 0,01Vgacha), mantiqiy 1 sifatida esa – ta’minlash manbasining musbat kuchlanishiga yaqin boʻlgan kuchlanish (musbat mantiq). K108 va K120 seriyadagi mikrosxemalarda mantiqiy 1 sifatida –10Vdan katta boʻlmagan kuchlanish, mantiqiy 0 sifatida esa 0,7 Vdan kichik boʻlmagan kuchlanish qabul qilingan (manfiy mantiq). Mantiqiy elementlar integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi. Integratsiya darajasi kichik (KIS), oʻrtacha (OʻIS) va (KIS) sxemalarga boʻlish qabul qilingan. Kichik integral sxemalar loyixachilar uchun universal material boʻlib hisoblanadi. Lekin ular yordamida murakkab funksiyalarni amalga oshirish koʻp miqdordagi korpuslarni va oʻzaro bog‘lanishlarni qalaylab bajarishni talab qiladi. OʻIS mikrosxemalari murakkabroq funksiyalarni amalga oshirish mumkin. Ular funksional xarakteristikalari bajarilishi kerak boʻlgan topshiriqqa mos boʻlganda qoʻllaniladi. Ayrim OʻISlar koʻpfunksional elementlar boʻlib, ular yordamida har xil turdagi funksional qismlarni bajarish mumkin. Bunda OʻISlarga deshifratorlar, multipleksorlar va summatorlar kiradi. Yuqori darajadagi integratsiyaga ega boʻlgan (KIS) sxemalar, odatda, koʻp funksional boʻladi. Ularga ayrim xotira qurilmalari (XQ) va mikroprotsessor komplektlari kiradi. Mikroprotsessorlar mantiqiy va arifmetik bog‘lanishni dasturiy ravishda amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Download 285.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling