4, Yer maydonini ta’riflaganda inobatga olinadigan ko’rsatgichlar
Download 29.95 Kb.
|
l0 VARIANT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4, Yer maydonini ta’riflaganda inobatga olinadigan ko’rsatgichlar.
l0 VARIANT 1 Kochmas mulk ob’ektiga manfaat va daromad manbai sifatida qaralishini izoxlang. 2. Yer munosabatlariga izox bering. 3. Iqtisodiy ekspertizaning moxiyatini tushuntiring. 4.Yer maydonini ta’riflaganda inobatga olinadigan korsatkichlar 4, Yer maydonini ta’riflaganda inobatga olinadigan ko’rsatgichlar.Ер табиатнинг бир бўлаги сифатида инсоният ҳаётининг асосини ташкил қилади. Шу билан бирга, ер кўчмас мулк объекти сифатида ҳам ишлаб чиқариш воситаси, ҳам меҳнат предмети саналади, чунки инсон фаолиятнинг турли соҳаларида инсоният у ёки бу миқдорда унга таъсир қилади. Бу икки сифатнинг йиғиндиси ерни халқ хўжалигининг барча соҳаларида амал қиладиган ишлаб чиқариш воситасига айлантиради. Ишлаб чиқариш воситаси сифатида ер: илгариги меҳнатнинг натижаси саналмайди; ҳудудий чегараланган бўлади; ишлаб чиқаришнинг бошқа воситалари ўрнини босмайди; доимий жойлашиш ўрнига эга; тўғри фойдаланганда емирилмайди; худудлараро турли сифатларга эга; ҳар бир аниқ ер участкаси ўзига хос фойдалилиги билан характерланади; ҳосилдорликка эга ва қишлоқ хўжалигида унинг барча фойдали жиҳатларидан самарали фойдаланилади; инсоният фаолиятининг деярли барча соҳаларида (қишлоқ ва ўрмон хўжалигидан ташқари) асосан фазовий операцион базис сифатида кўрилади, шунинг учун унда жойлашган жисмоний объектлар: бинолар, иншоотлар, йўллар, мелиоратив иншоотлар ва инсоният меҳнати билан яратилган бошқа материал элементлар билан чамбарчас боғлиқ. Ер тушунчаси инсоният фаровонлиги манбаи ва иқтисодий муносабатлар объекти сифатида кўчмас мулк назарияси ва амалиётининг асоси саналади. Ер муносабатларининг объектлари: ер табиат объекти ва табиат ресурси сифатида, ер майдонлари, ер майдонларининг бўлаги. Кундалик амалиётимизда “ер” ва “ер майдони” деган атамалар қўлланилади. Бироқ, бу тушунчалар ўзаро боғлиқ эмас ва маълум бир фарқларга эга. “Ер” атамаси ўзлаштирилмаган мулк ҳақида гап кетганда қўлланилиши мумкин, “ер майдони” атамаси эса, маълум бир мақсадда фойдаланиш учун унда ишлар (яхшиланишлар) бажарилган ҳудуд бўлагини билдиради. Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексида ер майдонига ҳудудий чегаралари мулк эгасига ер ресурлари ва ердан фойдаланиш ишларини тартибга солиш бўйича давлат органлари томонидан бериладиган ҳужжатлар асосида ер қонунчилигида белгиланган тартибда аниқланадиган мулк ҳуқуқи объекти дея таъриф берилади. Ўзбекистон Республикаси Ер кодексига асосан ер майдонига ер муносабатларининг объекти сифатида қаралади. Ер участкаси - ер фондининг қайд этилган чегарага, майдонга, жойлашиш манзилига, ҳуқуқий режимга ҳамда давлат ер кадастрида акс эттириладиган бошқа хусусиятларига эга бўлган қисмидир.Ер майдонининг ҳуқуқий мақоми мақсадли йўналганликни, рухсат этилган фойдаланишни ва қонуний эгалик шаклини ўз ичига олади. Ер майдонини таърифлаганда қуйидаги кўрсаткичлар инобатга олинади: 1. Ер ҳуқуқи субъектининг номи – юридик ёки жисмоний шахснинг аниқ манзили, шахсини ва молиявий реквизитларини тасдиқловчи ҳужжатлар кўрсатилган ҳолда. 2. Манзил мўлжаллари – туман (мавзе, даҳа ва б.), қишлоқ, кўча, уй ва бино рақами (шаҳар ва қишлоқларда). 3. Ердан фойдаланиш ҳуқуқини ўрнатувчи ва тасдиқловчи ҳужжатлар (қарор, хулоса, фармойиш, давлат акти, гувоҳнома, ижара шартномаси ва б.). 4. Ерларнинг категорияси, белгиланган вазифаси ва ҳақиқатда ишлатилиши. 5. Ер классификаторининг коди. 6. Ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқловчи ҳужжатлар бўйича майдон; шунингдек, бегоналар фойдаланадиган аниқ майдон (чуқурлик, кенглик, форма). 7. Санитар-ҳимоя зонаси майдонлари ва/ёки ер участкаларидан алоҳида режим бўйича фойдаланш ҳудудлари. 8. Ер ҳуқуқининг тури (хусусий мулк, давлат мулки ва б.). 9. Юза қатлам ва тупроқ ости қатлами, ландшафт, контурлар ва топография. 10. Яхшиланишлар ва муҳандислик ускуналари (электроэнергия, сув ва б. олиб келиш). Ер майдонига паспорт тузилади, у қуйидагиларни ўз ичига олади: ер экспликацияси – иморат қурилган ҳудуд, муҳандислик коммуникациялари остидаги майдонлар, йўллар, дамбалар, саёз (очиқ) конлар, ҳайдалган ерлар, ўрмон дарахтлари, боғлар, шудгорлар, пичанзорлар, яйловлар ва бошқа қишлоқ хўжалиги мулклари, ботқоқликлар, қумлар, торф конлари ва сув юзаликлари; ер солиғи ўлчами (ер майдони хусусий мулк деб топилган ҳолатда) ёки майдон бирлигига ижара ҳақи; ер майдонининг ҳисобий ва бозор қиймати; 3. Iqtisodiyot sohadagi jinoyat ishlarini tergov qilishda rejali iqtisodiy ko‘rsatkichlar va shartnoma majburiyatlarining asosli bajarilganini aniqlash kerak bo‘ladi. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga qaramay sud-rejali iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazishga bo‘lgan talab saqlanib kelmoqda. Soliq va boshqa ko‘rsatkichlarning miqdori bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi haqidagi hisobotni buzib ko‘rsatish va shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda moliyaviy – xo‘jalik faoliyatiga tegishli ma’lumotlar hujjatlarda noto‘g‘ri aks etish natijasida moddiy zarar yetkazilgan hollarda mazkur ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. Shartnoma, ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini asosli rejalashtirish, ularning bajarilishi va hisobotda aks etishi, shuningdek, bular haqida hisobot tayyorlashda buzilishga yo‘l qo‘yilgan holatlar haqida ma’lumotlarni aniqlash maqsadida rejalashtirish, bajarish va hisobot hujjatlarini tekshirish sud-rejali iqtisodiy ekspertizasining predmeti hisoblanadi. Sud-rejali iqtisodiy ekspertizasining ob’ekti quyidagilardir: a) reja tuzish uchun kerak bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar aks etgan hujjatlar, shartnoma, buyurtma, me’yor va limitlar; b) asoslangan ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblari ilova qilingan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi (mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, kapital qurilish, mahsulot tannarxi, moddiy-texnik ta’minotning jadvallari, hisob-kitoblari va boshqalar); v) ishlab chiqarish bo‘linma tomonidan belgilangan, reja ko‘rsatkichlari aks etuvchi hujjatlar (bir yil va choraklarda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish rejasining hisob-kitobi, yillik mahsulotning ichki tannarxi rejasi, sex bo‘yicha harajatlar smetasi, asbob uskunalarni saqlash va ishlatish smetasi va boshqalar); g) topshiriqni bajarish paytida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari bevosita aks etuvchi dastlabki va jamlama hujjatlar (shartnomalar, tovar-transport yukxatlari, ortib yuborilgan mahsulotlarning to‘lov talabnomalari, bank ko‘chirmalari, bajarilgan ishlarni qabul qilish haqida dalolatnomalar, jurnal orderlari va boshqalar); d) iqtisodiy ko‘rsatkichlar bajarilganligi aks etuvchi statistik va buxgalteriya hisoboti hujjatlari (balans, hisobot va boshqalar). Sud-rejali iqtisodiy ekspertizasining vazifalarini aniqlashda korxonalarning barcha reja-iqtisodiy faoliyati uch bosqichdan iboratligini e’tiborga olish lozim, ya’ni: 1) reja topshiriqlarini ishlab chiqish; 2) reja topshiriqlarini bajarish va ularning bajarilishi haqidagi hisobotni taqdim etish; 3) reja iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat olib borish. 2.
E.h. maʼlum tizimga ega. Bu tizim umumiy, alohida va maxsus qismlarga boʻlinib, ular bir qancha tartibotlardan iborat. Ye.h.ning umumiy qismi tartibotlari fan tarmogʻi va qonunchilikning rivojlanishi uchun asos boʻladigan eng muhim holatlar, qoidalar yoki tamoyillarni aks ettiradi. U yerga nisbatan mulk huquqi, yer uchastkalariga boʻlgan huquq, davlat boshqaruvi, yer tuzish va yer kadastrini yuritish, yerni huquqiy muhofaza qilish, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi tartibotlarni oʻz ichiga oladi. Ye.h.ning alohida qismiga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punkti yerlari, sanoat, transport, mudofaa yerlari, alohida muqo-faza etiladigan hududlar yerlari, oʻrmon fondi, suv fondi yerlari, zaxira yerlar tartibotlari kiradi. Ye.h.ning maxsus qism i da chet davlatlar Ye.h. toʻgʻrisida maʼlumot berilishi mumkin. Yer egaligi — muayyan huquqiy asoslar (mulkka, yerni tasarruf etish va meros qolgan yerdan umrbod foydalanishga va ijaraga oid huquqlar)ga mu-vofiq yerga egalik qilish; xoʻjalik oborotiga va bozor iqtisodiy mexanizmi tarkibiga kiritiladigan yerdan foydalanish shakli. Ye. e. yer egalari zimmasiga tegishli huquq va majburiyatlar yuklaydi. Markaziy Osiyoda Ye. e.ning amlok, vaqf, mulk, tanho va b. shakllari mavjud edi. Buxoro, Qoʻqon va Xiva xonliklarida koʻp yerlar xonliklar qoʻlida, xon yoki amirlarning ixtiyorida boʻlgan. Bu yerlar asosan nasldan-naslga oʻtib, ijaraga berish yoʻli bilan dehqonlar tomonidan ishlangan. Ye. e.ning bu shakli 19-asr oʻrtalarida Buxoro xonligidagi barcha yer maydonlarining 65% ini tashkil qilgan. Koʻpincha xonlar amlok yerlarini yi-rik zamindor, zodagon, ruhoniy va yaqin kishilariga xizmati evaziga tortik qilib, ular muvaqqat va shartli yer egalari — tanholarga aylantirilgan. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgach, Ye. e. shakllarini oʻzgartirdi. Amlok yerlar — butunligicha, mulk yer va vaqf yerlar — qisman podsholik mulki deb eʼlo qilindi. Shu yerni ishlab, hosil olgan shaxslarga merosiy mulk tariqasida sotish huquqi berilib, biriktirib qoʻyildi. Shoʻrolar davrida yerga xususiy mulkchilikning hamma shakllari tugatilib, "er — umumxalq davlat mulki", deb eʼlon etildi, asosiy qismi "bepul va abadiy foydalanish" uchun jamoa xoʻjaliklariga berildi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng , 1998-yil 30 aprelda qabul qilingan Yer kodeksiga binoan, Yer — davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi. Yer davlat tomonidan muhofaza etiladi, oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qoʻyilmaydi (OʻzR qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno, 16-modda). Yer kodeksi va b. qonun hujjatlariga muvofiq, yuridik shaxslar doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida; jismoniy shaxslar esa meros qilib qoldiriladigan yerga umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishlari mumkin. 1, “Ko‘chmas mulk” so‘zi mantiqan uch ma’noda, ya’ni “qo‘zg‘almas obyekt”, “mulk”, “mulkka egalik” tushunchalarini anglatadi. Kelib chiqishiga ko‘ra ko‘chmas mulk obyektlari quyidagi turlarga boMinadi: • insonning ishtirokisiz tabiat tomonidan yaratilgan ko‘chmas mulk obyektlari; • inson mehnati natijasida yaratilgan ko‘chmas mulk obyektlari; • inson mehnati bilan yaratilgan, lekin tabiat bilan uzviy bog‘liq boiib, usiz faoliyat ko‘rsata olmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari. Iqtisodiy nuqtai nazaridan ko‘chmas mulk obyektiga manfaat va daromad manbai sifatida qarash mumkin (1,1-jadval). 5 Manfaat tushunchasiga iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi talabini qondira oladigan (farovonlik darajasini oshira oladigan) har bir iste’molchi tanlovi obyekti deb qaraladi. Predmetlar bilan birgalikda harakatlar ham manfaat sifatida xizmat qilishi mumkin (bunda, ko‘chmas mulk obyektlari va ko‘chmas mulk bozorida ko‘rsatiladigan xizmatlar tusliuniladi). Shuni ta’kidlash lozimki, bunday holatda moddiy va nomoddiy xarakterga ega manfaatlar orasida hech qanday farqlar ajratilmaydi. Ko‘chmas mulk obyektlarining mohiyatini belgilovchi ko'rsatkichlar umumiy va m a’lum obyektga tegishli bo‘lgan guruhlarga boMinadi. Masalan, yer qishloq joylarda insonlarning yashashlarini va millatning ijtimoiyhududiy rivojlanishini ta’minlovchi manfaat bo‘Iib xizmat qiladi. Daromad manbai boMgan yer - qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosi, mustaqil murakkab (qurilgan inshootlar, binolar va h.k.lar bilan iqtisodiy aloqadorlîkda) investisiyalash obyekti, milliy boylikning bir qismi, soliqqa tortish obyekti, tabiat boyIiklari manbayi (ko‘chmas rnulk obyektlari orasida yagona) hisoblanadi 0 ‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi tarixi davomida turarjoyga rnanfaat va daromad manbayi sifatida qarash turlicha bo‘lgan. Sobiq sovet davrida turarjoy daromad manbayi bo‘lib hisoblanmagan. U toMaligicha davlat mulki tarkibiga kiritilib, davlat taqsimoti va qayta taqsimoti orqali ijtimoiy iste’mol obyekti bo‘libxizmat qilgan Download 29.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling