4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati


Download 1.06 Mb.
bet4/7
Sana30.03.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1310224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxorov Javohirbek Hayot faoliyati xavfsizligi mustaqil ta\'lim

Elektr qurilmalaridan yong‘inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablar bo‘lib asosan quyidagilar hisoblanadi: - Elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida uchqun chiqishi (bunga asosan, elektr simlari va kabellarining izolyatsiya qismining eskirishi, mexanik jarohatlanishi, atrof muhitning ta’siri va h.z. sababdir); - Elektr qurilmalarini ortiqcha yuklanishi oqibatida ustki qismlarining qizishi (bunga asosan, sim tolalari kesim yuzalarini iste’molchi quvvatiga qarab to‘g‘ri tanlanmaganligi, bir tarmoqqa mo‘ljallangandan ziyod iste’molchilarni ulash va h.z. sababdir); - Elektr qurilmalarining ulash (kontakt) joylarida qarshilikning ortishi oqibatida uchqun chiqishi va qizishi (ulash, kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi, izolyatsiya qilinmaganligi, kontakt joyi materiallarining to‘g‘ri tanlanmaganligi va h.z.

Elektr qurilmalarida avariya, ya’ni qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun: - elektr qurilmalarini me’yoriy hujjatlarga asosan mavjud xonalarga va hududlarga mos qilib to‘g‘ri tanlash va ularni o‘rnatish; - elektr qurilmalarini ularning pasportidagi yoki ustki qismida yozilgan zavod ko‘rsatkichlariga qarab ishlatish; - bir tarmoqqa mo‘ljallangandan ko‘p katta quvvatli iste’molchilarni ulamaslik; - nosoz yoki qo‘lbola elektr qurilmalaridan, elektr isitkichlardan, vaqtinchalik elektr simlaridan foydalanmaslik; - bilar-bilmas elektr qurilmalarini ta’mirlab ishlatish; - elektr qurilmalarini uzoq muddatga nazoratsiz qoldirmaslik; - elektr qurilmalarini doimiy ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazish; - doimiy profilaktika ishlarini olib borish; - himoya apparatlarini, ya’ni saqlagichlar va avtomatlarni doimo ishchi holatda ushlab turish va h.k.

Statik elektr zaryadlari. Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo’lmagan ikki materialning o’zaro ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda katta tezlikda harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryalari hosil bo’ladi. Masalan, avtomobil beton yo’lda harakatlanayotganida, uning g’ildiraklari yo’l uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobilga urilishi natijasida-3000 V, benzinni po’lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida – 3600 V, tezligi 15 m/s bo’lgan tasmali uzatmalarda – 80000 V, tasmali transportyorlarda –45000 V gacha statik elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin. Statik elektr zaryadining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismlarning yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonning intensivligiga va muhitning mikroiqlim holatiga bog’liq bo’ladi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling