4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati
Download 1.06 Mb.
|
Buxorov Javohirbek Hayot faoliyati xavfsizligi mustaqil ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- 4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati.
Qarshi Davlat Universiteti Kimyo va Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi III-kurs 019-87-guruh talabasi Buxorov Javohirbekning Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan “Yong’in sodir bo’lganda evakuatsiya rejimi va odamlarni evakuatsiya qilishning instruksiyasini tuzish “ mavzusidagi mustaqil ta’lim topshirig’iReja:1.O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.2. Yong‘in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari.3. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallarining yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalari4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati.O‘zbekistonda ilk bor Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2009 yil 30 sentabrida O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli qonuni qabul qilindi. Qonun 6 bob va 40 moddadan iborat bo‘lib, yong‘in xavfsizligini ta’minlashdan ko‘zlangan maqsad yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmui tushuniladi. Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi bir sohasini olmaylik sanoat, qurilish, maishiy hayot, ishlab chiqarish korxonalari va hokazolar bo‘ladimi, ularda yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa, yaratilgan noyob zamonaviy ishlab chiqarish muassasalari, zamonaviy texnologiya asosida faoliyat ko‘rsatadigan turli ob’yektlarda yong‘in sodir bo‘lganda uning kelib chiqish sababi va oqibatlari unga nisbatan javobgarlik masalasi albatta qonunchilik asosida hal etiladi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida “yong‘in - odamlarning hayoti va (yoki) sog‘ligiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish deb ta’rif berilgan. O‘zbekistonda Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi subektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar bo‘lib ular Yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi huquqiy bilimlarni mukammal darajada bilishlari zarur.Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling