402 guruh talabasi Mamedova Fotima sotsiolingvistika 2


Download 10.9 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi10.9 Kb.
#267228
1   2   3
Bog'liq
402guruh Mamedova Fotima Sotsiolingvistika 2

So ‘zlashuv tili - adabiy til me’yorlariga ega bo‘lmagan, ma‘lumotsiz va o‘rta ma’lumotli shahar aholisining nutqi. So‘zlashuv tiliga koynening bir turi sifatida qarash mumkin. Sotsiolingvistikada so'zlashuv tili terminini izohlash o‘ziga xos murakkablik kasb etadi. So ‘zlashuv tili rus tilidagi просторечие termining tarjimasidir. Просторечие rus milliy tiliga xos bo‘lgan til tarmog‘i bo‘lib, rus sotsiolingvistikasida keng qo‘llaniladi. Fransuz tilining tarmoqlaridan biri bo‘lgan langue populaire, rus tilidagi просторечие terminini ifodalay olmaydi. Ingliz tilining amerikacha variantidagi umumiy sleng rus tilidagi просторечие termini bilan qiyoslanishi mumkin. Biroq umumiy slengnmg tashuvchisi, egasi bo‘lmaydi, u ingliz tilini funksional-stilistik turi hisoblanadi (umumiy sleng unsurlari ommaviy axborot vositalarida keng qo‘llaniladi; keyingi yillarda rus tilshunoslari ham rus tilida so‘zlashuv tili va ijtimoiy jargon o‘rtasida oraliq o‘rinni egallagan umumiy jargonni ajratish lozim deb hisoblashmoqda .

4. So‘zlashuv tili og‘zaki nutq shaklida amalga oshiriladi. So‘zlashuv tili oila (oila ichida va qarindosh-urug‘lar bilan muloqot qilish)da, navbatda turganda, mahallada, qo‘ni-qo‘shnilar bilan muloqot qilganda, shuningdek, sud (guvohlik berish)da, shifokor huzuri (bemorning shikoyati)da va h.k. vaziyatlarda qo‘llaniladi. So‘zlashuv tili shahar sharoitida turli dialektlar va jargonlar oqimining aralashuvi oqibatida yuzaga keladi.

Nemis sotsiolingvistlarining fikricha, standartlashgan adabiy til sotsiolingvistika uchun alohida qiziqish uyg‘otmaydi, chunonchi, ushbu fan, avvalo, til variantliligini tahlil etishni maqsad qiladi. Shu ma’noda, so‘zlashuv tilini o‘rganish ko‘proq samarali bo‘ladi. GFR sotsiolingvistlarining fikricha, tilning ushbu turini tashuvchilar shahar aholisining o‘rta va oliy qatlamini tashkil qiladi.

Demak, so‘zlashuv tili - bu ijtimoiy qoliplashgan variant. U kundalik muomaia tili bo‘lib, qo‘llanish vaziyatlari jihatidan cheklangandir. Til tizimi nuqtayi nazaridan so‘zlashuv tili - nutqiy muomaia jarayonida adabiy tilning ba’zi o‘zgarishlarga uchragan kо‘rinishi. So‘zlashuv tilidan foydalanuvchilarning doirasi nihoyatda keng bo‘lgani uchun, u jiddiy ichki differensiatsiyaga uchragan. Bundan tashqari, u mamlakatning turli mintaqalarida tarqalgan dialektlarning ta’sirida anchayin variantlashadi.

5


Download 10.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling