423-guruh talabasi Azizova Dilobar maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining ta’lim jarayonida kreativligi


 MEN FAOLIYAT OLIB BORADIGAN MAKTABGACHA TA’LIM


Download 69.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi69.17 Kb.
#1528775
1   2
Bog'liq
Azizova D Maktabgacha ta\'lim2

2. MEN FAOLIYAT OLIB BORADIGAN MAKTABGACHA TA’LIM 
TASHKILOTI  
Men Azizova Dilobarxon Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qo’shterak SHFy da 
joylashgan 12-DMTT da jismoniy tarbiya yo’riqchisi 5 yildan buyon ish faoliyatini 
ko’rsatib kelmoqdaman. Davlat maktabgacha ta’lim muassasamiz 240 o’rinli bo’lib 
hozirgi kunda 240 nafar bolalar 9 ta guruh asosida tarbiyalanib kelmoqda. Davlat 
maktabgacha ta’lim muassasamiz 1979-yilda qurib bitkazilga. 2019-yilda zamon 
talablarga mos ravishda ka’pital remont qilinib zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim 
muassasamiz qatoridan o’rin olgan. Davlat maktabgacha ta’lim muassasamiz 47 nafar 
hodim ishlab kelmoqda. Bulardan 10 nafari oliy toifali, 6 tasi tugallanmagan oliy 
hamda 29 nafar hodim esa o’rta maxsus ma’lumotga ega. Biz bu jamoa bilan axil inoq 
bo’lib ishlab kelmoqda. Bolalarga ta’lim tarbiya berish jarayonida “Ilk qadam” davlat 
dasturi asosida ishlab kelmoqdamiz. Biz doimo tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar 
musiqiy zallarni, ayvonchalarini o’zlarining qo’l mehnati bilan yasatgan gullar va turli 
xildagi daraxtlar bilan bezatamiz. Mavsumga va faslga mos holda o’zgartiramiz. Men 
tarbiyalanuvchilarni jismoniy sog’lom barkamol avlod qilib kelajakda sog’lom avlod 
bo’lib yetishishiga harakat qilaman.
Guruh tarbiyalanuvchilarini ertlabki badantarbiya mashqlarini musiqa sadolari 
ostida bajartiraman. Bunda guruh tarrbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda ish olib 
boraman. Bu tarbiyalanuvchilarning sog’ligiga, jismoniy chiniqishiga va to’g’ri 
o’sishiga yordam beradi. Xar bir guruhlarga belgilangan jadval asosida va
takomillashgan “Ilk qadam” davlat o’quv dastur asosida mashg’ulotlar olib boraman. 
Yangi mavzu tushuntiraman. Unga moslab xarakatli o’yinlar o’ynataman. Guruh 
tarbiyalanuvchilarining mashqkar kompleksini bajartiraman. Mashg’ulotlar davomida 
tarbiyalanuvchilar o’rtasida guruhlar aro sport musobaqalariga ham tayyorlab 
boraman. Davlat maktabgacha ta’lim muassasamizda I-II-III tayyorlovguruhlarida 
“Quvnoq startlar” musobaqasini tashkil etdim. Maktabgacha ta’lim muassasamizning 
katta guruhlarda esa “Kim chaqqon u kim epchil ” musobaqasini, kata va o’rta 
guruhlarda esa shashka musobaqasini tashkil etib boraman. Yoz mavsumida milliy 


o’yinlarda “Arqon tortish”, “Oq terakmi ko’k terak” o’yini, “Kim oladi shuginani” kabi 
o’yinlar ham tashkil etaman.
Yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga
Bolalar maydonchaning bir tomonida terib qo‘yilgan stullarda o‘tiradilar. Jismoniy 
tarbiya yo’riqchisi qarama-qarshi tomonda turadi. U: “Yugurib keling oldimga
hammangiz – hammangiz, yugurib keling oldimga!” – deydi. Bolalar jismoniy tarbiya 
yo’riqchisiga qarab yugurishadi. Bolalar jismoniy tarbiya yo’riqchisining yonida 
to‘plangach, u maydonchaning narigi tomoniga ketadi. U tomondan turib, yana: 
“Yugurib keling oldimga!” – deb, bolalarni chaqiradi. O‘yin to‘rt-besh marta 
takrorlanadi. Keyin, jismoniy tarbiya yo’riqchisi: “O‘yingizga yuguring – deb, 
murojaat etadi. Bolalar shu zahotiyoq o‘z stullariga qarab yugurishadi. Jismoniy 
tarbiya yo’riqchisi: “Yugurib keling oldimga!” – deb chaqiradi. Bolalar yana uning 
yoniga yugurib borishadi. Yugurganda bir-birlarini turtmasligi, itarishmasligi, halaqit 
bermasligi kerak.
KO‘RSATMALAR. O‘yinga qatnashishni istagan bolalarni komandaga bo‘lish 
mumkin: bir komanda o‘ynaganda, ikkinchi komanda tomosha qilishi mumkin. Keyin 
ular o‘rin almashishadi. Dastlab bolalar hohlagan stulni egallashlari mumkin, lekin bir 
necha bor o‘ynaganlaridan keyin, jismoniy tarbiya yo’riqchisi bolalarning o‘z 
stullariga borib o‘tirishlarini aytadi. Kim noto‘g‘ri o‘tirsa, o‘yindan chiqariladi. O‘z 
joyiga ko‘proq to‘g‘ri o‘tirgan komanda еngib chiqadi. Sport sog’lomlashtirish 
mashg’ulotlarini davlat maktabgacha ta’lim muassasamiz tarbiyachilari o’rtasida ham 
olib boraman. Tarbiyalanuvchilarni istaklari va ota-onalarining taklifiga qarab to’garak 
tashkil etganman. 
Mini futbol, milliy o’yinlar o’ynataman Bolalar juda qiziqish bilan shug’ullanadilar. 
Mashg’ulotlar davomida ritmik harakatlar, musiqiy soatlar ham tashkil etaman. 
Pedagog hodimlarning sog’lomlashtirish uchun ham quvnoq gimnastika daqiqalari 
tashkil etaman Maktab bilan hamkorlikda turli xil voleybol, basketbol , shashka, arqon 
tortish musobaqalarini uyushtiramiz.


Maktabning sport zaliga tarbiyalanuvchilarni olib chiqib “Erkin kurash” elementar 
mashqlarini 
bajartiraman. 
Davlat 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasamizda 
tarbiyalanuvchilarni sport mashqlarini bajartirish uchun kichik maydonlar, sport 
anjomlari yetarli. Ular sport mashg’ulotlarini bajarishni juda sevishadi.Tuman 
miqyosida o’tkaziladigan sport musobaqalarida ham qatnashib turamiz. “Otam, onam 
va men” sport musobaqasida ham tarbiyalanuvchilarimiz oilaviy ishtirok etib faxrli 
o’rinni egallashdi. Tuman miqyosidagi seminarlarda ham faolmiz. 12-davlat 
maktabgacha ta’lim muassasamiz o’tkazilgan tuman seminarida namunali ochiq 
mashg’ulotlar o’tkazdim. Seminar tashkilotchilariga ish faoliyatimdagi me’yoriy 
bujjatlar bilan tanishtirdim va bu hujjatlar kelganlar manzur bo’ldi. Ular bilan o’zaro 
fikrlar almashdik. O’z kasbimni va tarbiyalanuvchilarni juda yaxshi ko’raman. Ularni 
vatanimiz ravnaqi yo’lida tarbiylashga hissamni qo’shaveraman.

Download 69.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling