43 – Mavzu: Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi


– Mavzu: Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi


Download 91.46 Kb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi91.46 Kb.
#1474501
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5438428611151402431

43 – Mavzu:

Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi.



Reja :
1. Moliyaviy hisobotning ahamiyati va tamoillari
2 . Hisobotlarning turlari .
3. Moliyaviy hisobotlarning tarkibi va ularga quyiladigan talablar.
Korxonaning joriy faoliyati ma'muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan ma'lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma'lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sanadan boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan subektlar uchun esa ular tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan sanadan boshlab, o‘sha yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi belgilangan. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt joriy yilning 1 oktyabridan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgungacha amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi. Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo korxonaning o‘zi uchun zarur va muayyan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish kiritish bilan bog‘liq.
Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan foydalanuvchilarning mulklar, moliyaviy ahvol, foyda va zararlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, istalgan faktlarni ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan foydalanuvchilar rahbarlar, ta'sischilar, ishtirokchilar va korxona mulkining egalari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati, mulkiy ahvoliva moliyaviy barqarorlik darajasi to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital quyishdanmanfaatdor bo‘lgan investorlarda ham uchun qiziqish uyg‘otadi.
Buxgaltyerlik (moliyaviy) hisobot-hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami.
Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosi hisoblangan muhim tamoyillardan biridir.

xo‘jalik faoliyatining turli pog‘onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo‘qqa chiqaradi.
Ushbu talab hisobot va reja ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligini talab etadi.
To‘liqlik aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Shu maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
O‘z vaqtidalik zarur moliyaviy hisobotlarni tegishli joylarga belgilangan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar (budjet tashkilotlaridan tashqari) barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida,
agar boshqacha muddat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo‘lsa, taqdim etilishi lozim. U mulkdorlarning ta'sis hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotning oddiyligi uning qisqa va tushunarliligidan iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.
Moliyaviy hisobotning tekshirishga qulayligiunda taqdim etilgan axborotning istalgan vaqtda tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning betarafligini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta'minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgarishlar moliyaviy yilning boshida kiritilishi lozim.
Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, hisobot davridan oldingi davr uchun
ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kyerak. Bunda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy birligi shundan iborat. Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida tuzatishlar sababi ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan kuchayadi, ya'ni u korxonaning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari kabi,uning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilganboshqa tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini ham o‘z ichiga olishi lozim.
Taqqoslanuvchanlikkechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash maqsadida har xil vaqt oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjudligini nazarda tutadi.
Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini aniqlash uchun zarur. Lekin, undan foydalanishda axborotlarning foydalilik chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin emas. Bu esa noto‘g‘ri xulosalarni shakllantirishgaolib keladi. Masalan, korxona hisobot davrida ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish tuzulmasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan moliyaviy
hisobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishini faqat uzoq kelajakda ko‘rish mumkin.
Ushbu yondoshuvlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda keltirilgan o‘tgan davrdagi va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim.

Download 91.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling