43 – Mavzu: Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
Download 91.46 Kb.
|
2 5438428611151402431
Tejamlilik tegishli hisobot shakllarini unifikatsiyalash va standartlash, ayrim ko‘rsatkichlarni hisobot ma’lumotlarining sifatiga zarar yetkazmaydigan tarzda qisqartirish yo‘li bilan yerishiladi. Bu eng avvalo, axborot-ma’lumotnoma tavsifidagi ko‘rsatkichlarga taalluqlidir.
Moliyaviy hisobotga quyiladigan talablardan biri – uni rasmiylashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliyvaluta – so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgaltyeri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotni e’lon qilishO‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 20-moddasida belgilangan ro‘yxatdagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ularga ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari kiradi. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish axborotdan foydalanuvchilar uchun ma’lumot olish imkoni bo‘lgan ommaviy axborot vositalarida yoki tegishli nashrlarda, hamda qiziquvchilarga taqdim etish uchun korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlatstatistika organlariga taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishidan oldin auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olingan va xo‘jalik yurituvchi subektning boshqaruv organi (aksiyadorlarning umumiy majlisi, ta'sischilar majlisi va h.k.) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan buxgalteriya balansi(1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdanfoydalanuvchilarga mazkur korxonaga kapital quyish va boshqa masalalar bo‘yicha asosli qarorlarqabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya balansi qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining qoidalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mumkin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho)dan iborat. Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. Xo‘jalik yurituvchi subektning hisobotlari uchta asosiy mezon bo‘yicha turkumlanadi: - axborotlar hajmiga ko‘ra; - tuzilish maqsadiga ko‘ra; - davriyligi bo‘yicha. Hisobotdagi ma’lumotlar hajmiga ko‘ra xususiy hisobot va umumiy hisobotlarga bo‘linadi. Xususiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subektning batta faoliyat uchastkasidagi ishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subektning butun moliya-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydi. Hisobotlar tayinlanishiga ko‘ra tashqi va ichki hisobotlarga bo‘linadi. Tashqi hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyat tavsifi, daromadliligi mulkiy hamda moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi axborotdan tashqi foydalanuvchi-manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni axborot bilan ta'minlash vositasi bo‘libxizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunining 20-moddasiga muvofiq tashqi yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishi lozim. Ichki hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi. Hisobot qamrab oladigan davrlar bo‘yicha davriy (joriy) va yillik hisobotlarga bo‘linadi. Davriy hisobotlar hisobot yili ichida muntazam ravishda ma'lum davr oralig‘i (kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik, 9 oylik) uchun tuziladi. Yillik hisobot hisobot yili tugaganidan so‘ng tuziladi . Moliyaviy hisobotda korxona faoliyatidan olinadiganmoliyaviy natijalar, ularning iqtisodiy tavsifiga muvofiq turlari bo‘yicha guruhlanib aks ettiriladi. Aktivlar, passivlar va kapital balansda korxona moliyaviy holatini bevosita baholaydigan elementlarga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi asosiy shakllarni o‘z ichiga oladi: − buxgalteriya balansi; − moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; − asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot; − pul oqimlari to‘g‘risida hisobot; − xususiy kapital to‘g‘risida hisobot; − izohlar, hisob-kitoblar va moliyaviy hisobotga tushuntirishlar. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy hisobot subektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste'molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi: a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investision qarorlar qabul qilish uchun; b) subektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash; B) subektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to‘ldirilishini nazarda tutadi. Balansni tuzishdan oldin analitik hisob schotlari bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bosh daftardagi schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, tekshirilishi lozim. Bunda ularning tengligiga ishonch hosil qilish zarur. Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma'lum talablar quyiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash qoidalariga rioya qilish kyerak. Xo‘jalik yurituvchi subektning mulklari va majburiyatlarini baholashning umumiy tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 12-moddasida belgilangan. Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining bahosini shakllantirish tamoyillari quyidagi yondoshuvlarni nazarda tutadi: − pul to‘lash yo‘li bilan sotib olingan mulklar sotibolish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha baholanadi; − bepul olingan mulklar balansda hisobga olingan sanadagi bozor bahosi bo‘yicha aks ettiriladi; − xo‘jalik yurituvchi subektning o‘zida tayyorlangan mulklar ularni tayyorlash xarajatlarining summasi bo‘yicha balansga qabul qilinadi; − asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash xo‘jalik yurituvchi subektning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari qanday bo‘lishidan qat'iy nazar amalga oshiriladi; − asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar balansda qoldiq qiymati bo‘yicha baholanadi; − mulklar va majburiyatlarni baholashning boshqacha uslublari amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan hollarda ruxsat etiladi. Buxgalteriya hisobotlari shakllariga quyiladigan umumiy talablar ularda bo‘yab tuzatish va noaniqliklar bo‘lmasligini nazarda tutadi. Agar shakllarda xatolar aniqlansa, ular o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha tuzatilishi lozim. Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga taalluqli bo‘lishlaridan qat'iy nazar hisobot davridan keyingi birinchi davrda (chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim. Tuzatishning bunday varianti ichki audit xizmati yoki nazorat organlari tomonidan aniqlangan, tekshiruvlar va inventarizatsiya chog‘ida aniqlangan noaniqliklarni tuzatishga ruxsat etiladi. Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko‘rsatilgan holda rahbar va bosh buxgaltyer imzosi bilan tasdiqlanadi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga quyiladigan talablar, umuman olganda joriy buxgalteriya hisobini shakllantirishga quyiladigan talablarga mos keladi. Hisobot rahbar va bosh buxgaltyer tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan yoki buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari hamda hisobni yurituvchi chet tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi. Download 91.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling