462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 27.51 Kb.
|
462modda
Oldingi tahrirga qarang.
Bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi bo‘yicha xulosa chiqarilgan oydan keyingi oyning sanasidan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. (462-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida xulosa berishga vakolati bo‘lgan vakolatli organning xulosasi chiqarilgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. (462-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. (462-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. Ushbu Kodeks 461-moddasi ikkinchi qismining 2, 4, 5, 9 va 11-bandlarida nazarda tutilgan shaxslar tegishli ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) olgan yoki o‘z faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. Qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. Oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs bo‘lgan oddiy shirkat ishtirokchisi oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha oddiy sheriklik shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. Bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran, budjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnoma tuzilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. (462-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘n beshinchi — yigirmanchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Soliqni to‘lash soliq to‘lovchini quyidagilardan ozod etmaydi: ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan; agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 461-moddasi. Download 27.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling