49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775853
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)

Diodli chastota o‘zgartirgichlar 
 
Diodli chastota o‘zgartgichning sxemasi 8.5-rasmda ko‘rsatilgan. Uning 
ekvivalent sxemasi 8.6-rasmda ko‘rsatilgan. 
8.5-rasm. 


14 
8.6-rasm. 
Sxemadagi va lar yarim o‘tkazgichli diodning elektron kovak o‘tish joyidagi 
o‘tkaizuvchanlik va sig‘im. Ls va rs lar esa o‘tkazgichsimlar ulanadigan joydagi 
qarshilik va induktivik. So diodni ushlab turuvchi unsurning sig‘imi. O‘ta Yuqori 
chastotada . Ls va rs larning qiymatlari deyarli kisikdir. SHu sabab o‘ta Yuqori 
chastotalarda ularni e’tibordan tashqarida qoldirish mumkin. 
O‘zgartgichlar diod xarakteristikasining egri chizikli qismida ishlashligi uchun 
geterodinni kuchlanishi signal kuchlanishidan kata bo‘lishligi kerak. SHu sababli, 
o‘tkazuvchanlik g va sig‘im S lar signal kuchlanishiga emas, balki geterodni 
kuchlanishiga nisbatan o‘zgaradi. Agarda geterodni kuchlanishini U
g
= U
mg
cos(wgt) 
desak, o‘tkazuvchanlik g (+) va sig‘im S larning u kuchlanishga nisbatan o‘zgarishi 
quyidagicha bo‘ladi.
CHastota o‘zgartgichlarida diodlarni ishlash holati ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Ular 
quyidagidir; 
1.Geterodin kuchlanishi to‘g‘ri tokning chiziqli qismida o‘zgaradi. Uning bir 
qismigina teskari tok qismiga o‘tishi mumkin. Bunday holatlarda kichik sig‘imli 
diodlar ishlatilsa bo‘ladi. Asosiy vazifa shu egri chiziqli rezistov diodga yuklatilganligi 
uchun bunday o‘zgartgichlarni rezistiv chastota o‘zgartgichlari deb ataladi. 
2. Diodlarga manfiy aralashtirish kuchlanishi berilganligi uchun geterodinning 
kuchlanishi asosan xarakteristikaning manfiy nohiyasida o‘zgaradi, o‘zgartgichlarda 
sig‘imi katta bo‘lgan diodlar ishlatiladi. Bunday o‘zgartgichlarni sig‘imli 
o‘zgartgichlar deb ataladi. 
8.7 – rasmda rezistiv chastota o‘zgartgichning sxemasi ko‘rsatilgan. 
8.7-rasm. 
Sxemada L1, C1 rezonans konturi. U kirish signal manbasi vazifasini 


15 
bajaradi. L2, S2 chiqish konturi, g2 o‘zidan keladigan zanjirning kirish 
o‘tkazuvchanligi. 
8.8 –rasmda diodli balans chastota o‘zgartgichlarining sxemalari ko‘rsatilgan. 
8.8,a-rasmda diod D1 va D2 larga geterodin kuchlanishi bir xilda faza bilan 
ta’sir etadi. Signal kuchlanishi esa transformator orqali qarama-qarshi fazada ta’sir 
etadi. Signal kuchlanishi har bir elkalarga qarama- qarshi fazada ta’sir etayotganligi 
tufayli oraliq chastota toklari ham bir-birlaridan ma’lum fazaga siljigan bo‘ladi. 
transformator Tr2 ning birlamchi chulg‘amlaridagi oklar fazalari jihatidan qarama-
qarshi bo‘lganligi tufayli, chiqimdagi kuchlanish ham ularning ayirmasiga 
mutanosibdir. Tok va larning o‘zaro ayirmasi orqali chastota bo‘yicha tarkibiy tashkil 
etuvchisi o‘zaro mos tushadi. chiqimdagi kuchlanish esa u tashkil etuvchilarning 
yig‘indisi orqali topiladi. Xuddi shu paytda geterodin kuchlanishi diodlarinng 
elkalariga bir xil fazalar orqali ta’sir etadi. SHunday ekan, geterodin kuchlanishi Ug va 
for chastotali signal kuchlanishlarining o‘zaro qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan tok 
I1 va I2 larning fazalari bir xil bo‘ladi. Zanjir simmetrik bo‘lganda ular o‘zaro 
yoyishib ketadi. Natijada ularning ta’siri bhosil bo‘ladigan kuchlanish chiqimda 
bo‘lmaydi. 
8.8,b rasmdagi sxema kirishi uning chikishi bilan almashtirilganda xam jarayon 
yukoridagicha kechadi. 
8.8,b rasmda kursatilgan sxemada kirish va geterodin kuchlanishlari diod D1 va 
D2 va tarnsformatorning ikkilamchi chulg‘amining yarmisidan tashkil topgan 
ko‘prikchaning diognallariga ta’sir etadi. Tok i1 va i2 larning tashkil etuvchilari kirish 
va chiqish konturlari ulangan ko‘prikning diagonalidan o‘tmaydi. Ular diodlar orqali 
oqib berk yo‘l hosil qiladi. 
SHu sababdan geterodin kuchlanishi kirish va chiqish zanjirlariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsata olmaydi. 


16 
8.8-rasm. 
CHastotasi o‘zgartiriladigan signal kuchlanishi diod D1 va D2 larga fazalari 
jihatidan bir xil ulanadi. Diodlar bir-birlari bilan qarama-qarshi ulanganliklari uchun 
kuchlanishlar, go‘yo qarama-qarshi bo‘ladi. 
Tok I1 va I2 lar rasmda ko‘rsatilganidek yo‘naladi. Ular transformatorning 
birlamchi chulg‘amlaridan oqib o‘tib, u toklarning yig‘indisiga mutanosib bo‘lgan 
kuchlanish hosil qiladi. 


17 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling