49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)




49- Ma’ruza 
RADIOCHASTOTA KUCHAYTIRGICHLARI 
Radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar 
 
YUkori chastotali signallarni kuchaytirish uchun xizmat qiladigan elektron 
qurimalar radiochastota kuchaytirgichlari deb ataladi. Radiochastota kuchaytirgichlari 
(RCHK lar), kuchaytirgich asboblari, aloqa zanjirlari va tanlovchi tizimlardan tashkil 
topgan bo‘ladi. Kuchaytirgich asbobi sifatida tranzistor va integral mikrosxemalar 
qo‘llaniladi. Tanlovchi tizim sifatida esa tebranish konturi ishlatiladi. Ayrim paytlarda 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tebranish konturlari ham qo‘llaniladi. 
Tanlovchi va aloqa zanjirlari o‘zaro birgalikda kaskadlararo aloqa 
zanjirlarini tashkil etadi va bu zanjirlarga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
- kuchaytirgich asboblarining chiqishidagi qarshilik bilan kelgusi kaskadning kirish 
qarshiligini o‘zaro moslash; 
- kuchaytirgich asboblari energiyasini yuklamaga uzatish; 
- kerakli chastota uzatish yo‘li va tanlovchanlikni ta’minlab berish. 
Ularga qo‘yiladigan talablar esa quyidagilar; 
- shaxsiy shovqinni kamaytirish va quvvat bo‘yicha katta uzatish koeffitsientini 
ta’minlash; 
- tanlovchanlik koeffitsientining sifatini, nafaqat asosiy kanal bo‘yicha, balki signali 
ham oraliq chastota kanallari bo‘yicha ta’minlash; 
- geterodin signalini antenna zanjiriga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va x.q. 
Kuchaytirgichlarni turlarga bo‘lishda ularning o‘ziga xos belgilaridan foydalaniladi. 
Ularning belgi va turlarini sanab o‘tamiz: 
- elektron asboblarining turlariga qarab lampali tranzistorli, parametrik va integral 
mikrosxemali; 
- kuchaytirgich asboblarining ulanishiga qarab, ular umumiy emiterli, umumiy bazali 
va umumiy kollektorli; tanlovchi zanjirning turiga qarab, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 
transformatorli, avtotransformatorli yoki sig‘imli; 
- markibidagi kaskadlarning soniga qarab, ular bir yoki ko‘p kaskadli; 
- yuklama turiga qarab esa, ular rezonans yoki aperiodik yuklamali bo‘ladi. 
YUklamasi tebranma konturdan tashkil topgan kuchaytirgichlarni rezonans 
kuchaytirgichlari deb ataladi. Bunday deyilishiga sabab tebranish konturi oldindan 
ma’lum bo‘lgan foydali signal chastotasiga moslanadi va u o‘sha chastota bo‘yicha 
rezonans xolatiga o‘tadi. Rezonans xolatida esa tebranish konturi o‘zidan faqat o‘sha 
foydali signal chastotasini o‘tkazadi. 
YUklamasi rezistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlarni esa aperiodik 
kuchaytirgichlar deb ataladi. Aperiodik kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffitsienti 
rezonans kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffitsientidan xamma vaqt kichik 
bo‘ladi. Kuchaytirigilar kanday bulishidan kat’iy nazar ularning ishlash jarayoni 
barchasi uchun bir xildir. SHu sabab, ularning ishlash jarayonlarini tushuntirishda 7.1- 
rasm ko‘rsatilgan sxemadan foydalansa buladi. 



7.1- rasm 
Sxemada, kirish zanjiridan chiqayotgan signal kuchaytirgich asbobiga kelib 
tushadi. Elektr zanjirlar nazariyasiga asosan rezonans paytida kuchaytirish asbobining 
yuklama bo‘lgan tebranma konturning qarshiligi aktiv va katta qiymatli bo‘ladi. SHu 
sabab, kuchaytirish asbobiga kirib kelayotgan signal qanchalik kichik bo‘lmasin, 
undan qat’iy nazar, kata qarshilikda katta kuchlanish tushuvini hosil qiladi. SHunday 
ekan, demak bu radiosignal kuchayadi. Undan tashqari, radiosignal kuchaytirgich 
asboblarining o‘ziga xos xossalariga asoslangan holda kuchayadi. Kuchaytirishning bu 
usulida kuchlanishi manbaining ham ulushi bo‘ladi. Odatda, kuchaytirishning bu 
xususiy holida signal, nafaqat kuchlanish bo‘yicha, balki quvvat bo‘yicha ham 
kuchayadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling