51-Ma’ruza
CHastota o‘zgartirgichlarning turlari.
Diodli chastota o’zgartirgichlar
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek o‘zgartgichlarning asosiy elementlari:
diod va tranzistorlardir. Bullar orasidagi asosiy fark shuki, tranzistorli o‘zgartgichlarda
kirish kuchlanishini chiqishdagi tokga nisbatan ta’siri, chiqimdagi kuchlanishni
kirishdagi tokga nisbatan ta’siridan farq qiladi. Diodli o‘zgartgichlarda esa bunday
emas. Bularda tokga kirishdagi kuchlanishmi ta’sir etar ekan, tok o‘z holatini
o‘zgartmay turaveradi. Demak tokga kuchlanishlarning har ikki tomonidan ta’siri bir
xilda bo‘laverar ekan.
Odatda, tranzistorlar, sig‘imli va tunneli diodlar signallarni kuchaytirish
xossasiga ham egadirlar. SHu sabab, ulardan foydalanib bir vaqtning o‘zida ham
chastotani o‘zgartiradigan, ham signallarni kuchaytiradigan aktiv o‘zgartgichlar yasash
mumkin. Lekin vazifalarni o‘taydigan diodlar esa bundan mustasnodir. Ular signallarni
kuchaytirish urniga ularni pasaytiridi. Bunday diodlar asosiga qurilgan o‘zgartgichlar
passiv o‘zgartgichlar deb ataladi.
Aktiv o‘zgartgichlarda, o‘zgartgich asbobi bir vaqtning o‘zida ham chastota
o‘zgartadi, ham geterodin vazifasini o‘tadi. Bunday chastota o‘zgartgichlarini avtodin
deb ataladi. Bunday o‘zgarigichlarda chastota o‘zgartish signal ishlab chiqarish
holatlari bir xilda bo‘lmaydi. SHu tufayli alohida geterodinli chastota o‘zgartgichlarini
ishlatgan maquldir.
8.2-rasmda diodli chastota o‘zgartgichning sxemasi ko‘rsatilgan. Sxemada
signal manbasi va geterodin diod zanjiriga ketma-ket ulangan. Uzgartiriladigan signal
kuchlanishining manbai bo‘lgan kirish kirish zanjiri va radiosignal kuchaytirgichi
rasmda ko‘rsatilmagan.
8.3-rasmda tranzistorli chastota o‘zgartgichining ikki turi kursatilgan.
8.4-rasmda esa, avtodin sxemalari ko‘rsatilgan.__
8.2-rasm.
12
8.3-rasm.
13
8.4-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |