DETEKTORLAR VA AMPLITUDAVIY CHEKLAGICHLAR
Detektorlar haqida umumiy tushunchalar
Modelyasiyalangan radiosignallar tarkibidan ularni modulyasiyalashishiga
sababchi bo‘lgan past chastotali signallarni ajratib beradigan qurilmaga detektor deb
ataladi.
Radiosignallarni amplitudasi, chastotasi, fazasi va agarda signal impulsi bo‘lsa
impulslari bo‘yicha modulyasiya qilish mumkin.
Radiosignallarni shu ko‘rsatkichlarni modulyasiyalashishiga qarab, detektorlarni
amplitudaviy, chastotaviy, fazaviy va impulsli deb ataladi.
Lekin, ular qaysi turga taaluqli bo‘lmasin undan qat’iy nazar, ularning quyidagi asosiy
parametrlari bo‘ladi:
- uzatish koeffitsienti. Detektor chiqishidagi UmΩ o‘zgaruvchan kuchlanish
amplitudasining detektor kirishidagi Um modulyasiyalangan signal kuchlanishiga
bo‘lgan nisbatiga uzatish koeffitsienti deb ataladi:
K
d
= U
m
Ω/mU
m
,
bu erda m – modulyasiya chuqurligi.
- kirish qarshiligi. Detektor kirishiga berilayotgan Um Yuqori chastotali signal
kuchlanishining Im1 Yuqori chastotali tok birinchi garmonikasi amplitudasiga bo‘lgan
nisbatiga detektorning kirish qarshiligi deb ataladi va u quyidagi ifoda etiladi:
Z
kir
= U
m
/I
m1
.
Bu parametrlardan tashqari detektorlarga xos bo‘lgan parametrlardan
radiosignallarni amplituda, chastota, faza va bularning o‘zaro kombinatsiyalarning
buzilishlaridir.
Detektorlar, asosan xarakteristikasi egri chiziqli bo‘lgan elementlardan tashkil
topgan bo‘ladi. Egri chiziqli elementlar sifatidadoi dva tranzistorlar ishlatiladi. Lekin,
ayrim paytlar xarakterimtikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lgan elementlar ham ishlatiladi.
Lekin, tashkil topgan detektorlarni sinxron detektorlari deb ataladi. Detektorlar sinxron
bo‘ladimi yo boshqa turda bo‘ladimi undan qat’iy nazar ularning barchasiga o‘ziga xos
shartlar
qo‘yiladi, ya’ni detektorlar modelyasiyalangan signallar orasidan
modulyasiyalovchi signallarni aniq va ravon ajratib olish va uni qayta ishlab dastlabki
shakliga keltirib berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |