49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar


-Ma’ruza  Tranzistorli chastota o‘zgartirgichlari


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775853
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
49- ma’ruza radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushun (1)

52-Ma’ruza 
Tranzistorli chastota o‘zgartirgichlari 
Tranzistorli chastota uzgartgichining umunlashtirilban sxemasi 8.9-rasmda 
kursatilgan 
8.9-rasm. 
O‘zgartgichda ikkita kirishi bor. Ulardan biri chastotasi o‘zgartiriladigan signal 
Uc uchun, ikinchisi esa geterodin kuchlanishi uchundir. Bulardan tashqari oraliq 
chastota kuchlanishi, ya’ni chiqish kuchlanishi ham maxsus qutb bor. Bunday chastota 
o‘zgartgichlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda kirish signalining 
kuchlanishi Ug dan ajazgina kichik. 
SHu sabab, bu signal kuchlanishi geterodin toki va quvvatiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsata olmaydi. SHunday ekan, bu va shunga o‘xshash chastota o‘zgargichlarini 
tahlil qilinayotganda kirishdagi signal kuchlanishi va chiqishdagi oraliq chastota 
kuchlanishi, go‘yo yo‘qdek deb faraz qilinadi. 
SHuning uchun ham bunday o‘zgartgich zanjirlarini hisoblayotgan payotda oddiy egri 
chiziqli zanjirlar nazariyasidan foydalanish mumkin. 
Umumiy holda o‘zgartgichning tahlili vaqtida elektron asboblarining ichki 
sig‘imini e’tiborga olishga to‘g‘ri keladi. CHunki bu sig‘im ozmi-ko‘pmi kirish 
kuchlanishiga bogliq bo‘lib. CHastota o‘zgartish jarayoniga o‘z ta’sirini qo‘rsatadi. 
8.10-rasmda balans chastota o‘zgartgichlarining turli sxemalari ko‘rsatilgan. 
8.12,a-rasmda tranzistor VT1 va VT2 larga kollektor kuchlanishi oraliq chastota 
fop o‘yicha sozlangan konturning induktiv g‘altagining o‘rta nuqtasidan berilgan. 
o‘zgartiriladigan signal chastotasi bo‘yicha sozlangan kirish konturi tranzistorlarning 
bazallari orasiga ulangan. SHu bois, o‘zgartiriladigan signallar tranzistorlarga nisbatan 
fazalari bo‘yicha qarama-qarshidir. Tranzistor VT3 ning bazasiga berilgan geterodin 
kuchlanishi Ug – tranzistor VT1 va VT2 ning bazalariga bir xilda faza ostida ta’sir 
etadi. Tranzistor VT3 ning toki kamaysa yoki ko‘paysa, tegishlicha VT1 va VT2 larning 
toki ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ularning xarakteristikalarining tikligini geterodin 
chastotasiga mos ravishda o‘zgarishiga olib keladi. SHu sababdan, garchi kuchlanish 
bir vaqtda ta’sir etsa-da, chastotani o‘zgarishiga olib keladi. 


18 
Tranzistor VT1 va VT2 larga qo‘yilgan kuchlanishlar bir-birlariga nisbatan 
fazalari jihatidan qarama-qarshi bo‘lganliklari tufayli, oraliq chastota tokining tarkibiy 
qismlari ham fazalari jihatidan bir-birlariga qarama-qarshi bo‘ladi. shu sababdan ular 
o‘zaro qo‘shiladi. Geterodin chastotasiga mos toklar har ikki tranzistor VT1 va VT2 
larda fazalari jihatidan bir xilda bo‘lganliklari tufayli ular o‘zaro yoyishib ketadi. 
Ularning 
chiqishda 
bo‘lmasliklari shu sababdir. SHu tariqa ishlaydigan 
o‘zgartgichlarni balans chastota o‘zgartgichlari deb ataladi. 
Yuqorida ko‘rilgan balans chastota o‘zgartgichlaridan boshqa balans chastota 
o‘zgartgichlari ham bo‘ladi. lekin ular qanday bo‘lishligidan qa’tiy nazar geterodin 
kuchlanishi elkalarga qo‘yilayotgan kuchlanishlarning biriga fazalari bo‘yicha 
o‘xshash, ikkinchisi bilan esa qarama-qarshi bo‘ladi. 8.10,b - rasmda ko‘rsatilgan 
sxemada chastotasi bo‘yicha o‘zgartiriladigan, signal va geterodin kuchlanishlari 
uchun mo‘ljallangan kirim o‘rnilari almoshtirilgandir.
8.10,v – rasmda ikkilangan balansli chastota o‘zgartirgichning sxemasi 
ko‘rsatilgandir. 
a) 


19 
b) 
v) 
8.10-rasm. 


20 
53-Ma’ruza 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling